100 ayol: Rossiyada ijod qilayotgan o'zbek aktrisasi

Feruza Ro'zieva
Image caption Feruza Ro'zieva bilan suhbatni BBCUZBEK ning YouTube kanalida tomosha qiling

Yosh qiz mustaqil hayotga qadam qo'yganida, oldinda uni nima kutadi?

U ham o'g'il bolalar kabi imkoniyatlarga ega bo'ladimi? Yoki qiz bolaning yo'lida to'siqlar va xavf-xatar ko'proqmi?

Xotin-qizlar ovoz berish huquqini qo'lga kiritganiga yuz yildan ko'proq vaqt o'tdi. Ammo aksar jamiyatlarda hamon erkaklar hukmron.

Dunyo bo'ylab millionlab qizlar maktabni tugata olishmaydi. G'arbdagi tengqurlari qanday kasb tanlasam, deb orzularga g'arq bo'lib turgan bir paytda bu qizlar oila qurib, bola tug'ishi, erining xonadonida xizmatkordek ishlashi kerak.

Ammo, baribir, bugungi zamonamiz xotin-qizlar uchun insoniyat tarixidagi eng dorulomon davr sanaladi. Onalar salomatligi yaxshilanmoqda, ta'lim olish imkoniyatlari oshmoqda.

Ayollar mehnatiga haq to'lashda adolatli yondashish ko'zga tashlanadi. Ayrim mamlakatlarda muvaffaqiyatli ayollar ko'paymoqda.

Joriy haftadan boshlab, "100 Women season" ("100 ayol" mavsumi) dunyoga qizlar va ayollar nigohi bilan nazar tashlaydi.

O'zbek tilida "Ayol bilan munavvar olam" deb nomlagan dasturlarimizda yirik o'zgarishlar yaratayotgan mashhur ayollardan tortib, o'z oilasi yukini tashiyotgan oddiy xotin-qizlar haqida ham so'z yuritiladi.

BBCUZBEK Rossiyada yashab ijod qilayotgan o'zbekistonlik aktrisa Feruza Ro'zieva suhbatlashgan.

Feruza o'zbek tomoshabiniga teatrdagi qator rollari, shuningdek, Yusup Roziqovning "Gastarbayter" filmidagi Oygul obrazi bilan yaxshi tanish.

U Rossiyada ham ijodini davom ettirmoqda. Aktrisa, xususan, Chrezvыchaynaya situatsiya ("Favqulodda vaziyat"), "Kuxnya" ("Oshxona") serialida suratga tushgan.

Feruza Ro'zieva bilan suhbatni BBCUZBEK ning YouTube kanalida tomosha qiling

100 ayol

Ushbu mavsumda ayollar mavzusiga bag'ishlangan radio dasturlar, teleko'rsatuvlar va maqolalar bilan tanisha olasiz. "100 ayol" mavsumi xotin-qizlar erishayotgan yutuqlar, ular duch kelayotgan xavf-xatar va to'siqlar hamda mavjud imkoniyatlarga e'tibor qaratadi.

Bu borada o'zbek tilida batafsil tanishish uchun bbcuzbek.com websahifamizni kuzatib boring.

Mavsum davomida uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga maktub yo'llab, fikr-mulohaza bildirishingiz va yo qiziqarli hikoyalarni baham ko'rishingiz mumkin.

Shuningdek, Twitter va Facebook sahifalarimizda #100Women hashteg orqali fikrlaringizni qoldira olasiz.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring