100 аёл: Ҳалаблик ҳамшира ҳикояси
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - 100 ayol: Halablik hamshira hikoyasi

BBC Jahon Xizmati "100 Women season" - "100 ayol" mavsumini davom ettirmoqda.

Dasturlarimizda yirik o'zgarishlar uchun o'zni fido qilayotgan mashhur ayollardan tortib, oilasi yukini tashiyotgan oddiy xotin-qizlar haqida ham so'z yuritiladi.

"Bir kun kelib Halabda yashab, ishlayman deb, hech o'ylamagandim.

Hayotim hamisha xavf ostida. Uchoqlar dahshatga soladi..."

HALABDAGI HAYOT

Um-Yahyo hikoyasi

41 yoshli Um-Yahyo Homsdan isyonchilar qo'lidagi Halabga 2011 yili kelgandi.

"Bir kun kelib shifoxonada ishlayman deb, o'ylamagandim...

Urush holatida ayol kishi uchun shifoxona eng xavfsiz yer deb, o'yladim...

Qanday ishda ekanligingning ahamiyati yo'q. Har daqiqa o'lish, jarohat olish mumkin.

Ko'plab jasadlar yoki bolalar halok bo'lishmasa biz uchun yaxshi kun bo'ladi.

Hujum bo'lgan kuni go'daklarning og'riqli siymolari ko'z o'ngimdan ketmaydi".

Bu hafta mobaynida Halabga hukumat kuchlari eng qaqshatqich hujumlarni amalga oshirdi...

Um-Yahyo omon qoldi, lekin yuzlab insonlar halok bo'ldi.

"Uyimgacha yarim soatlik yo'l. Har kuni bu dahshatli yo'lni bosib o'tishdan xavotirdaman".

Um-Yahyoning 3 o'g'li xorijga ketishgan. Faqatgina kenjasi u bilan yashaydi.

"Hayotim mutlaqo o'zgardi. Bir vaqtlar oilali, baxtli ayol edim.

Hozirda ajrashganman. O'g'illarimning har biri turli mamlakatlarda yashashadi.

Ota-onam bilan gaplashib, dardimni ayta olmayman. Yaqinlarimni sog'inaman".

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring