Туркия қамоқларида қийноқлар
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Turkiya qamoqlarida qiynoqlar

Turkiya qamoqlariga iyulda yuz bergan to'ntarish urinishidan so'ng 40 ming odam qo'shimcha qamalgan.

Ulardan mudhish qiynoqlar haqida xabarlar kelmoqda.

Jumladan, qamalganlarning advokati qiynoqlarga guvoh bo'lganini aytadi.

Selchen Bayyun bosh yorish, qobirg'a sindirish, kesish kabi narsalar haqida aytadi.

Davlatda favqulodda holat qonunlari ishlamoqda, bundan nafaqat "fitnachilar" aziyat chekmoqda.

Komil Uluch, masalan, PKK kurd jangari harakatiga aloqadorlikda ayblanib qo'lga olingan.

Uning aytishicha u ham tayoqlangan, xo'rlangan, politsiya tayog'i bilan jinsiy tahqirlangan.

Muxolif partiya a'zosining o'g'li qamalgach, uning umurtqasini sindirishgan.

Jihod Soat o'g'lining aytishicha uning holati yagona emas.

Biroq Turkiya Adliya Vaziri Bakir Bo'zdog'ning twitiga ko'ra, Turkiya qamoqlarida qiynoqqa joy yo'q.

BMTning maxsus tergovchisi Turkiyaga kelib bu ayblovlarni tekshirmoqchi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring