Karimov uchun yopilgan yana ikki ko'cha ochildi

Toshkentda harakatlanish uchun ochilgan Taraqqiyot ko'chasi Image copyright Gazeta.uz

29 noyabr ertalabdan poytaxt Toshkentning Hamid Olimjon maydoni va O'zbekiston prezidentining Oqsaroy qarorgohiga yaqin ikki ko'chada transport qatnovi qayta yo'lga qo'yilgan.

"Gazeta.uz" web-sayti xabar tarqatishicha, Taraqqiyot ko'chasining Hamid Olimjon maydoni tomonga eltuvchi uchastkasi ochilgan.

Avtomobillar uchun harakatlanishni taqiqlab turgan beton bloklari hamda yo'l belgilari olib tashlangan.

"Yangi belgilar esa hozircha qo'yilmagan, shu sababli ko'pchilik haydovchilar mazkur ko'cha uchastkasining ochilganidan bexabar", deb yozadi "Gazeta.uz".

Shu kuni Toshkent markazidagi Oqsaroy qarorgohiga tutash Afrosiyob ko'chasining Anhor ko'prigidan keyingi qismi ham ochilgan.

Endi Afrosiyob ko'chasining Sharof Rashidov shoh ko'chasi va Beshyog'och ko'chasi o'rtasidagi qismidan, ya'ni Oqsaroy qarorgohi yonidan bemalol avtomobilda o'tish mumkin.

Shu yil oktyabr oyi boshida Mustaqillik shoh ko'chasining Hamid Olimjon maydoniga yaqin Abdulla Qodiriy bilan ko'chasiga tutash qismi ham ochilgan edi.

Shuningdek, Mustaqillik shoh ko'chasining Pushkin metrosiga yaqin 7-Sayram ko'chasidan ham transport harakatlanishiga ruxsat berilgan.

Poytaxt Toshkent yashovchilari marhum prezident Islom Karimovning shahar tashqarisidagi "Do'rmon" qarorgohidan Oqsaroy qarorgohiga eltuvchi yo'lni "prezidentskaya trassa" deb atashgan.

Image copyright Gazeta.uz

"Prezidentskaya trassa" bir necha bor o'zgartirilgan va bu trassada doim xavfsizlik choralari kuchaytirilgan holatda bo'lgan.

Marhum prezident Islom Karimovning xavfsizligi uchun deb tushuntirilib qator ko'chalarda avtomobillar harakatlanishi taqiqlangan.

2005 yili Bishkekda prezident Asqar Akaevning hokimiyatdan ag'darilishiga olib kelgan noroziliklardan so'ng poytaxt Toshkentdagi Oqsaroyga yaqin Mustaqillik maydoniga daraxtlar o'tqazildi.

Toshkentliklar TsUM deb ataydigan markaziy do'kon va "Moviy gumbazlar" o'rtasidagi ko'chada ham avtobus, trolleybus qatnovlari ham to'xtatilib daraxt ekishga qaror qilingandi.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring