Navro'z UNESCOning insoniyat merosi ro'yxatida

Toshkentda Navro'z bayrami tantanalari

BMTning maorif, fan va madaniyat jamg'armasi - UNESCO Navro'z bayramini yana Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritdi.

Shunday tashabbus bilan chiqqan mamlakatlar orasida O'zbekiston ham bor.

UNESCOning navbatdagi yig'ilishi Efiopiya poytaxti Addis-Abebada bo'lib o'tmoqda.

Tashkilotning 11-sessiyasi 28 noyabrdan 2 dekabrgacha davom etadi.

UNESCO Navro'zni Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritgan, bu qaror Nawrouz, Novruz, Nowrouz, Nowrouz, Nawrouz, Nauryz, Nooruz, Nowruz, Navruz, Nevruz, Nowruz, Navruz deb nomlangan.

Navro'zni UNESCO ro'yxatiga kiritish taklifini 12 mamlakat ilgari surgan.

Ular O'zbekiston, Afg'oniston, Ozarbayjon, Hindiston, Eron, Iroq, Qozog'iston, Qirg'iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiya.

O'zbekiston nomidan UNESCOga yo'llangan maktubda xususan shunday deyilgan:

"...Navro'z bayramining yurtimizdagi barcha mahallalarda keng nishonlanishini tasdiqlab, UNESCOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro'yxatiga kiritish borasida 12 davlat tomonidan "Navro'z" ko'mpillatli nominatsiya hujjatini taqdim etish bo'yicha ko'rilayotgan choralarni qo'llab-quvvatlaymiz".

UNESCO e'lon qilishicha, Navro'z muhim oilaviy an'anadir va bu bayramda pishiriladigan taomlar tozalik, farovonlik va boylikni tamsil etadi.

Navro'z 2010 yili BMT Bosh Assambleyasi 21 martni "Xalqaro Navro'z kuni" deb e'tirof etish haqida qaror qabul qilgan edi.

Addis-Abebadagi majlisda Belgiyada pivo tayyorlash madaniyati, Ukraina Donbassidagi Kazaklar qo'shiqlari ham nomoddiy madaniy meros ro'yxatiga kiritilgan.

Shuningdek, Turkiya, Ozarbayjon va qator mamlakatlarda lavash, yupqa, yufqa deb ataladigan nonni ham UNESCO ro'yxatigi kiritish taklifi ilgari surilgan.

Tojikiston oshni ham UNESCO ro'yxatigi kiritish taklifi bilan chiqqan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring