Saylov 2016: "O'zbekistonda qonun buzilmagan..."

"O'zbekistonda qonun buzilmagan..." Image copyright BBCuzbek
Image caption "O'zbekistonda qonun buzilmagan..."

Prezident Karimovning o'limidan so'ng, O'zbekiston konstitutsiyasining 96-moddasiga binoan, marhum prezidentning vakolatlari vaqtincha Senat raisiga o'tishi kerak edi.

Ammo Senat raisi Nig'matilla Yo'ldoshev vaqtincha prezident vazifasini zimmasiga olishdan o'z ixtiyori bilan voz kechgan.

O'zbekistonda Prezidentlik vazifasini muvaqqat bajaruvchilik muqaddam Bosh vazir bo'lib ishlagan Shavkat Mirziyoevga topshirilgan.

Shavkat Mirziyoev 2003 yildan buyon mamlakat hukumatiga rahbarlik qilib keladi.

Hukumat boshqaruvi Mirziyoev qo'liga o'tishi aksariyat muxolifat liderlari, jurnalistlar va huquqshunoslarda jiddiy norozilik uyg'otgan edi.

"O'zbekiston konstitutsiyasi poymol qilindi", deyishdi ular.

Boshqalar esa "konstitutsiyaga hozirga qadar ham amal qilinmagandi", deya tanqid qilishdi.

Hozir Moskvada huquqshunos bo'lib ishlayotgan Bahrom Ismoilovga ko'ra, aslida qonun buzilgani yo'q.

Bahrom Ismoilov Rossiya poytaxtida Yagona migratsiya xizmati va "Zakonы goroda" yuridik firmalari rahbaridir.

U "Millatchiliksiz malmakat" ijtimoiy harakatining asoschisi ham sanaladi.

Bahrom Ismoilov haqida videolavhani BBCUZBEK YouTube kanalida tomosha qiling

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring