O'zbekistondagi saylovda "jimlik kuni"

Ўзбекистон президентлик сайлови

4 dekabr yakshanba kuniga belgilangan prezidentlik saylovidan bir kun oldin "jimlik kuni" e'lon qilinib tashviqot to'xtatilgan.

Eslatib o'tish joiz, O'zbekistonda 2015 yil 29 mart kuni ham prezidentlik saylovi bo'lib o'tgan, o'shanda Markaziy Saylov komissiyasi matbuot kotibi Nizomiddin Nurmatov "sukunat kuni" bo'lmasligi haqida aytgandi.

"O'zbekiston prezidentligi uchun saylov bo'yicha yangi qonunchilikda bunday tartib ko'zda tutilmaydi", nomzodlar o'z targ'ibot kampaniyalarini davom ettiraveradilar, deb aytgandi MSK matbuot kotibi.

Yangi qonunchilikdagi o'zgarishlar 29 martgacha e'lon qilinmagan edi.

3 dekabr kuni poytaxt Toshkent ko'chalarida osilgan prezidentlikka nomzodlarning bannerlari, plakat va varaqalari olib tashlangani kuzatilgan.

Davlat nazoratidagi matbuot ekspertlarning nuqtai-nazarlarini e'lon qilmoqdalar.

Ekspertlar bildirayotgan asosiy fikrlar shuki, saylov adolatli va xolis bo'ladi va ular bu saylovning mamlakatning "yanada taraqqiyotiga" xizmat qilishiga umid qilmoqdalar.

Mahalliy matbuot va saylov mas'ullari o'zbekistonliklarni ovoz berishda ishtirok etishga, har bir fuqaroning saylov uchastkasiga borishi lozimligini eslatib, bir kishining butun oila nomidan ovoz berishiga yo'l qo'ymaslikka chaqirmoqdala

Ayni paytda O'zbekiston Markaziy Saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug'bek Abdusalomov mamlakat saylovga 100 foiz tayyorligini aytgan, marhum prezident Islom Karimovning o'limidan keyin o'tkazilayotgan saylov "adolatli, shaffof va demokratik" bo'lishiga umid bildirgan.

4 dekabr kungi saylov prezident Islom Karimovning kutilmagan vafoti ortidan O'zbekiston konstitutsiyasiga muvofiq chaqirilmoqda.

Prezident Karimov shu yilning 2 sentyabr kuni 78 yoshida miyasiga qon quyilishi oqibatida vafot etgani xabar qilindi.

Bu - O'zbekiston mustaqilligi tarixida Islom Karimovning ishtirokisiz o'tadigan birinchi prezident saylovi bo'ladi.

Prezidentlik sayloviga O'zbekistondagi Liberal-Demokratik partiya muvaqqat prezident, Bosh vazir Shavkat Mirziyoev nomzodini ilgari surgan.

"Milliy tiklanish" partiyasi Sarvar Otamurodov nomzodini, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Narimon Umarovni, Xalq Demokratik partiyasi esa Hotamjon Ketmonov nomzodini ilgari surganlar.

O'zbekiston Markaziy Saylov komissiyasi saylovchi sifatida 21 million 400 fuqaro ro'yxatga olingani haqida xabar tarqatgan.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.r.

Bu mavzuda batafsilroq