So'z Sizga: "Agar men prezident bo'lsam..."

МСК Image copyright МСК screenshot
Image caption МСК

O'zbekistonda prezident saylovida ovoz berish yakunlandi.

To'rt nomzod qatnashgan ayni saylovda kim g'alaba qilishi aksariyat uchun sir emas.

BBC O'zbek xizmati o'tgan hafta Facebook va Odnoklassnikidagi o'quvchilariga murojaat qilib, siz prezident bo'lsangiz ishni nimalardan boshlar edingiz, deb so'radi.

Qolgan savollarimiz bular:

Bugun O'zbekiston uchun eng yirik va muhim masala nima? Siz bu masalani qanday hal etardingiz?

Ijtimoiy tarmoqlardagi bu savollarga kelgan aksariyat javoblar tahrir qilinmadi.

Ishsizlik, gaz va elektr muammosi

Farkhod Ashuruli: Birinchidan kim prezident bulishi xammaga ayon. Foydasiz xayol surish xam yaramaydi.

Kim prezident bulsa xam iltimosim shuki gaz svetni yaxshilasa buldi.

Sunny Daisy: Ish o'rinlari, maoshlarni ham qo'shaylik... Shunda hamma o'z ona vatanida ishlab yashaydi. Oilasini tebrata olishi kerak vatanida ishlaydigan bir o'zbek

Nauka Nauka: Bizda kuprok gaz muammosi kiynayapti bir necha yildan beri.keyn un usimlik yogi ozgina orzonlasa yaxshi bulardi

Ali Khan: Birinchi navbatda hukumatda tozalash o'tkazgan bo'lardim...Yangi hukumat tuzardim.

Shukurjon Islomov: Elektr va gaz ta'minotini yaxshilash, qurilish materiallari narxini tushirish, xorijiy sarmoyalarni ko'paytirish

Xusan Xusanov: Uzbekistan degpn kaaaattta turmani ochib tikon simlarni olib tashlab boshka davlatlarday ochik oydin mamlakat kilardim,

Oks Spitamen: Bugun O'zbekiston uchun eng yirik va muhim masala va uni xal kilishni bizdan kura kuprok vazir biladi, biz uni kullab-kuvvatlasak buldi.

Axmed Rozimovich: Qishloq hayotini rivojlantirgan bo'lardim. Gaz va svet muammosini hal qilardim. Bolalikdan nogiron va imkoniyati cheklangan bolalarga e'tibor qaratar edim.

Akmal Djurabaev: Muammolar kupligidan bilmasdim kay biridan boshlashni xamma soxada muammolar kup juda kup

Alisher Arifdjanov: Eng birinchi, muxim masala - pul kredit siyosatini soglomlashtirish .

Aybek Mumunov: birinchi kamokdagi musulmonlardi ozod kilish kerek

Shuxrat Xikmatov: Shovkat aka tugri ish tutyapti ! 1) ish urinlarini kupaytirish 2) uy joy kurish 3) poraxurlini yuk kilish. Tadbirkorlarga yul ochish! Masalan xitoyda xar bir xonadon tadbirkorlik bilan shugilanadi! Va yana tadbirkorlarga nalogni kamaytirish xozirgi kunda tadbirkor oyiga 10 minimalni tulidi bu juda kota summa va bankda plastikni oblanich kilish kotta muomo! Chet dovlatlarga uxshab bankomatlar kuyilsa juda yaxshi bulardi!

Komil Maxmudov: Paxtani xam gapiring. Fermer b-n byudjetdan maosh oluvchilarga kiyin bulyapti, plan kancha tonna bulsa,shuni 32mln.ga bulish k-k, shunda xar bir kishiga necha kg.dan tugri kelishi anik buladi.

BBCUZBEK Odnoklassniki

Zaxid Usmanov: Ishsizlikni bartaraf etish.kk. Energiya krizisidan chikish kk.

agent 007: birinchi ishi tamojniylarni xal etish va svet masalasini yechsin dep oylayman.

Kudrat Kilichev Abdurasul ugli: Mening prezident bulishga davoyim yuk.4 dekabr biz uchun ulug kun,xech kim befark bulmasin deyman. Yurtimiz tinchligi barkaroru-bardavom bulsin InshaALLOX. Yurtimiz tinch bulsa boshka muammolarni xal kilsa buladi deb uylayman.

Bogibek Tojiev: Avvalo tinchlik bulsin keyin boshkasi bulaveradi

Sher aka: Prizident kim bulsa xam. Birinchi poraxurlik va ugirlikni yukotsin. Agar Shavkat Mirziyoev prizident bulsa men undan shuni iltimos kilardimki. I A Karimovni yulidan aslo yurmang u xalkimizga poraxurlik ugirlik kurkoklik rus va kozoklarga kullikni tashlab ketdi. Xalkni noxakliklardan paymonasi tuldi menimcha.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring