Olmoniya kansleri Merkel burqaga qarshi chiqdi

Angela Merkel Image copyright AFP
Image caption Angela Merkel

Olmoniya kansleri Angela Merkel ilk bor ayollarning burqa (paranji) kiyishiga qarshi chiqdi.

Nasroniy demokratlar ittifoqining qurultoyida so'zga chiqqan Merkel xonim bu kabi liboslarni imkon bo'lgan barcha joyda taqiqlash shartligini aytdi.

"Bu bizniki emas", deydi Olmoniya rahbari.

Uning aytishicha, Olmoniyada insonlar o'zaro muloqot qilishar ekan, o'z yuzlarini ochiq tutadilar.

"Shuning uchun bizda tana va yuzni butunlay yopadigan libos kiyilmaydi", deb aytgan Merkel.

Olmoniya kansleri 2015 yilda migrantlar inqirozi chog'i mamlakatda yuz minglab noqonuniy muhojirlar oqib kirganini xotirlagan.

Uning aytishicha, bu kabi holat ortiq takrorlanmaydi.

Avvalroq Merkel xonim burqa kiyib yurganlarga ishora qilib, ayni holatni integratsiya g'oyasi barbod bo'lgani bilan izohlagan edi.

Nasroniy demokratlar ittifoqining qurultoyida Merkel paranji va yo burqani maktablar, mahkamalar va boshqa davlat idoralarida taqiqlash lozimligini aytgan.

Aksariyat burqani mutlaqo taqiqlash Olmoniyaning konstitutsiyasiga zid ekanini aytadi.

Qurultoyda Angela Merkelni yana partiya liderligiga saylashgan.

Ammo kelasi yil o'tishi mo'ljallangan parlament saylovlarida uning partiyasiga oson bo'lmasligi aytilmoqda.

"Olmoniya uchun muqobil yo'l" nomli aksilmuhojir siyosat tarafdori bo'lgan partiyani dastaklayotganlar soni ortib bormoqda.

Merkelning reytingi ham tushib ketayotgani aytiladi.

Shunga qaramay, qiyosan qaraladigan bo'lsa Merkel xonimning siyosatini qo'llab-quvvatlayotganlar oz emas.

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring