Azimjon Asqarov: qamoq, qiynoq va Qurʼon

Azimjon Asqarov

Qirgʻizistonning Chuy viloyat sudida umrbod qamoq jazosini oʻtayotgan inson haqlari faoli Azimjon Asqarov ustidan qayta mahkama tergovi nihoyasiga yetgan.

Asqarov 2010 yil iyunidagi etnik zoʻravonliklar va militsiya xodimining oʻlimida ayblanadi.

Shu yil aprelida BMT Inson haqlari qoʻmitasi Asqarov qiynoqqa solinganini aytib, jinoyat ishini qayta koʻrib chiqishni talab qilgandi.

Azimjon Asqarovning ishi bois Qirgʻizistonda konstitutsiyaga oʻzgartishlar muhokama qilingan va Bishkekning AQSh bilan munosabatlari sovuqlashgan.

Chuy viloyat mahkamasi hukmni 10 yanvarda eʼlon qilishi kutilmoqda.

2010 yil iyunidagi zoʻravonliklarda jabrlanganlarning ham, jazolanganlarning ham eng koʻp oʻzbeklar ekani aytiladi.

Voqealarda yuzlab inson halok boʻlgan, oʻn minglab odamlar uylarini tashlab chiqishgan.

Videoni BBC O'zbek YouTube kanalida tomosha qiling.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring