Halab Suriya hukumatining nazorati ostiga oʻtdi

Halabliklar Image copyright AFP
Image caption Halabliklar

Halabning isyonchilar nazorati ostida boʻlgan soʻnggi mintaqasini tinch aholi doxil jangarilar tark etar ekan, Suriya armiyasi shaharda toʻla nazorat oʻrnatganini daʼvo qilmoqda.

Harbiylar "Halabga xavfsizlik qaytarilgani" va isyonkorlarni "yakson" qilganini aytgan.

Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasiga koʻra, "shaharni tark etishni istagan barcha tinch aholi, yaradorlar va jangarilar" olib chiqilgan.

2011 yilda Suriyada hukumatga qarshi isyon boshlanganidan biri bu prezident Assad uchun eng yirik gʻalabadir.

BMT mulozimiga koʻra, sharqiy Halabdan oʻtgan haftada 34 ming kishi chiqarilgan.

Ular orasida isyonkorlar ham bor.

Qalin qor yogʻishi, kuchli shamollar esishi bilan birga avtobuslarning nosozligi minglab odamlarni sovuq havoda qolib ketishiga sabab boʻlgan.

Halabdan chiqarilganlar isyonkorlar nazorati ostida boʻlgan, shaharning gʻarbida joylashgan qishloqlarga koʻchirilgan.

Inson huquqlari tashkilotlari Rossiya va Suriya havo kuchlarini urush jinoyatlarida ayblagan.

Ularga koʻra, Assad va uning ittifoqchisi boʻlgan Moskva kuchlari birgina sentyabr va oktyabr oylarida yuzlab tinch aholini oʻldirishgan.

Tibbiy muassasalarni ataydan nishonga olishgan.

Taqiqlangan qurollar, jumladan sochma bombalar bilan hujum qilishgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring