Qamoqxona faoliyatidan arz qilish mumkin boʻladi

Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi sayti Image copyright Guin.mvd.uz
Image caption Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi sayti

Oʻzbekiston fuqarolari endi Jazoni ijro etish buyicha xavotirlari yuzasidan Ichki ishlar vazirligiga onlayn murojaat qilishlari mumkin.

Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi saytida (guin.mvd.uz) toʻldirish uchun maxsus forma va quyidagi eʼlon berilgan:

"Jazoni ijro etish buyicha xal etilmagan masalalar/muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar yuzasidan bizga onlayn murojat kiling!"

Forma ostida rus tilida qilingan ilovaga koʻra, Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish boshqarmasi rahbariga qilingan elektron murojaat rasmiy hisoblanadi.

"Ayni damda quyidagilarni unutmaslikni soʻraymiz", deyiladi ilovada.

"Agar jismoniy shaxs sifatida murojaat qilayotgan boʻlsangiz, siz familiyangiz (ism va ota ismi), turar joyingiz haqida maʼlumot va murojaat mazmunini koʻrsatishingiz zarur. Yuridik shaxslar murojaatida yuridik shaxsning toʻliq oti, joyi (pochta manzili) va murojaat mazmuni koʻrsatilishi kerak.

Diqqat! Tuhmat, haqorat va yolgʻon chaquv maʼlumotlarini berish man etiladi.

Shuningdek, eslatib oʻtamiz, Sizning murojaatingizni koʻrib chiqishga quyidagilarga asoslanib yordam koʻrsatiladi. (Qanday asoslar ekani koʻrsatilmagan)

Shuningdek, bir shaxsning avval koʻp marta javob berilgan masalasi qayta koʻrib chiqilmaydi, qachonki unda yangi daʼvolar va sharoitlar boʻlmasa".

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring