Яҳё Машрапов: "Истанбулдаги ҳужумга алоқам йўқ"
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Yahyo Mashrapov: "Istanbuldagi hujumga aloqam yoʻq"

Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati Qorasuv shahrida yashovchi asli oʻzbek Yahyo Mashrapov oʻzining Istanbuldagi Yangi yil kechasida yuz bergan qonli hujumga aloqador emasligini aytdi.

Hujum ortidan Mashrapovning pasporti surati Turkiya va xalqaro nashrlarda chop etilgan va unga politsiya ov eʼlon qilgani xabar qilingandi.

Ammo, Mashrapov hujum vaqtida Qirgʻizistonda boʻlgani, Istanbulga esa savdo yuzasidan 1 yanvarda uchib borib, 3 yanvarda qaytib kelganini aytadi.

Qaytayotganida turk politsiyasi uni samolyotdan tushirib gumondor sifatida soʻroq qilgan, ammo shubhalar arigach, undan uzr soʻrab ozod qilgan.

U BBCning qirgʻiz xizmatiga intervyu berdi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring