Эрон Рафсонжоний билан видолашди
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Eron Rafsonjoniy bilan vidolashdi

Yuz minglab eronliklar sobiq prezident, 82 yoshida vafot etgan Akbar Hoshemiy Rafsonjoniy dafn marosimida qatnashdilar.

Eronda sobiq president Akbar Hoshemiy Rafsonjoniy dafn marosimi bo'lib o'tdi.

Tehrondagi dafn marosimida yuz minglab eronliklar qatnashdilar.

Rafsonjoniy yakshanba kuni 82 yoshida yurak hurujidan vafot etgandi.

1980-90 yillarda Rafsonjoniy Eron siyosiy sahnasida yetakchi shaxs edi.

1934 yilda tug'ilgan Rafsonjoniy Oyatullo Xumayniy bilan birga ilohiyotshunoslikni o'rgangan.

1979 yilgi Islom Inqilobida muhim rol o'ynagan va 1989 -1997 yillar Eron Prezidenti bo'lgan.

Lekin keyinchalik qattiqqo'l aqidaparastlarga qarshiroq mavqeni egallay boshlagan.

U G'arb bilan munosabatlarni yaxshilash tarafdori bo'lib, Eronning Suriyadagi mojaroga aralashishiga qarshi edi.

U 2005 yilgi prezidentlik saylovlarida ham qatnashdi ammo, Mahmud Ahmadiynejodga yutqazdi.

2013 yili ham saylovlarda o'z nomzodini qo'ymoqchi bo'ldi, ammo Ulamolar Kengashi tomonidan rad etildi.

Keyinchalik u joriy prezident Hasan Ruhoniyga homiylik qildi.

Aytilishicha, uning o'limi may oyidagi saylovlarga tayyorgarlik tayorgarlik ko'rayotgan janob Ruhoniy uchun katta yo'qotishdir.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring