"Qirgʻiz migrantlar SPID yuqtirib kelyapti"

Mehnat muhojirligi oilaviy barqarorlikka putur yetkazgan Image copyright Ria Novosti
Image caption Mehnat muhojirligi oilaviy barqarorlikka putur yetkazgan

Qirgʻiziston sogʻliq saqlash vaziri muovinining aytishicha, xorijga ishlashga borib kelayotgan qirgʻizistonliklar orasida VICh/SPID yuqtirib kelganlar soni oshgan.

Parlament majlisida chiqish qilgan vazir muovini Omongeldi Murzaliyev migrantlarning aksari kasallikni Qozogʻistonda yuqtirib kelishayotganini aytdi.

"2011 yilda Qirgʻizistonga VICh/SPIDni 7-8 muhojir olib kirgan boʻlsa, oʻtgan yili ularning soni 42 odamga yetdi. Ulardan 10 nafari Qozogʻistondan qaytgan, 5 nafari Oʻzbekistondan, yana bittadan Xitoy, Rossiya, Turkiyadan qaytgan", - dedi Murzaliyev.

Ammo, "Ata Meken" fraktsiyasi rahbari Oʻmurbek Tekebayevga koʻra, Murzaliyev asossiz maʼlumotni beryapti.

Unga koʻra, sogʻliqni saqlash vaziri muoivini aslida nima uchun VICh/SPIDni yuqtirish hollari yuz berayotganini bilmaydi.

"Migrantlar bizga SPIDni yuqtiryapti ekanmi? Ular bizning qornimizni toʻygʻazyapti. Bizning fuqarolarimiz hukumatimizning masʼuliyatsizligi bois pul topish uchun ketishga majburlar. Siz endi ulardan kechirim soʻrashingiz kerak", - dedi Tekebayev Murzaliyevga yuzlanib.

Sogʻliqni saqlash vaziri muovini parlamentda boshqa deputatlarning ham tanqidiga uchradi.

Ularning aytishicha, vazir muovini yaxshi tayyorlanmagan va eng oddiy savollarga ham javob bera olmagan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring