Kerri odam o'ldirgan joyiga bordi

Image copyright AFP / Getty Images
Image caption AQSh Davlat kotibi Jon Kerri V'etnam urushi payti Mekong daryosi sohillarida jang qilgan.

AQShning muddati tugayotgan Davlat kotibi Jon Kerri V'etnam urushi payti o'z quroldoshlari bilan birga pistirmaga duch kegan Mekong daryosi bo'yiga kelgan.

Bu erda u 1969 yilgi otishmada "dushman tarafida" amerikaliklarga qarshi urushgan v'etnamlik sobiq askar bilan uchrashgan.

Ikki sobiq dushman bu safargi uchrashuvda do'stona qo'l berib, ko'rishishgan.

Jon Kerri sobiq dushmani Vo Ban Tam bilan suhbatda ikkovlari ham tiriki ekanligidan mamnunligini bildirgan.

Hozir krevetka etishtiruvchi xo'jalikda ishlayotgan Vo Ban Tam hozir 70 yoshda.

Lekin u v'etnamliklar AQSh askarlariga pistirma qo'yishganini hamon eslarkan.

V'etnamlik sobiq askar, shuningdek, Jon Kerri otib o'ldirgan odamning kimligini ham bilarkan.

1969 yilgi pistirma otishmasida Jon Kerri ularga raketa otayotgan v'etnamlik askarni otib o'ldirgan.

O'shanda 26 yashar bo'lgan Jon Kerri ayni amali uchun AQSh askarlariga jasorati uchun beriladigan Kumush Yulduzni olgandi.

Jon Kerri oradan qariyb arim asr o'tib, Mekong bo'yidagi jangda Va Thanh ismli v'etnamlik yigitni otib o'ldirganini eshitdi.

Image copyright Reuters
Image caption Jon Kerri va Vo Ban Tam - ikki sobiq dushman bundan oldin 1969 yilgi jangda yuzma-yuz kelishgan.

Jon Kerri uzgan o'qqa uchgan payti Ba Thanh 24 yashar bo'lgan ekan.

Kerri o'zi o'ldirgan odamning ismi yo yoshini shu paytgacha bilmasdi.

"U yaxshi askar edi" - deya tarjimon orqali Jon Kerriga tushintirgan Vo Ban Tam.

Hali 2004 yili muvaffaqiyatsiz tarzda prezidentlik uchun kurashgan paytlari uning tanqidchilari "Kerri V'etnamda o'spirin bolani otib o'ldirgan" deb chiqishgandi.

V'etnam urushida ishtirok etgan Jon Kerri keyinchalik aksilurush faoliga aylanadi.

Vashingtonning yuqori martabali diplomati sifatida esa V'etnam va AQSh o'rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga urindi.

"Shiorlar ortida aslida nima yashirinligini tahlil qilish va tushunish kerakligini angladim" - deb aytgan AFP xabar agentligiga gapirgan sobiq askar va diplomat Jon Kerri.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq