Video - Oʻzbekistonlik enaga: "Vatanimizda ham ish boʻlsa edi..."

Oʻzbekistonlik enaga: "Vatanimizda ham ish boʻlsa edi..." Image copyright BBCuzbek
Image caption Oʻzbekistonlik enaga: "Vatanimizda ham ish boʻlsa edi..."

Vazirlar Mahkamasining 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlarini tahlil qilishga bagʻishlangan majlisida Prezident Mirziyoyev mahalliy hokimlar yangi ish oʻrinlari yaratmagani taqdirda, ularning maoshlaridan 15 foiz ushlab qolinishini aytgan.

Shavkat Mirziyoyev hokimlarga yangi ish oʻrinlari yaratish majburiyatini yuklagan bir paytda, soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, rizq topish ilinjida Rossiyaga ketayotgan oʻzbekistonliklar soni kamaygani yoʻq.

Oʻzbekistonlik Nilufar Moskvadagi keksalardan biriga qaraydi.

Nilufar - yolgʻiz ona. U oʻzi bilan birga 5 yashar qizchasini ham olib kelgan.

"Bu ishni ham chidaganga chiqargan... ammo nolimayman", deydi Nilufar.

"Qani edi Oʻzbekistonda ham shunday sharoitlar boʻlsa, bolamiz bilan qiynalib bu yerlarga kelib yurmasdik", deya qoʻshimcha qiladi u.

Videolavhani BBCUZBEK YouTube kanalida tomosha qiling.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viberda - telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring