Italiya: qor koʻchishida "oʻlganlar koʻp"

Oxirgi kunlarda Gran Sasso togʻi va atrofida besh metrga teng qor yoqqan Image copyright EPA
Image caption Oxirgi kunlarda Gran Sasso togʻi va atrofida besh metrga teng qor yoqqan

Italiya markazidagi Abrutstso viloyatining Gran Sasso togʻi yaqinida qor koʻchishi oqibatida odamlar halok boʻlganlar.

Italiya matbuotiga koʻra, qor chorshanba kuni kechqurun uch qavatli mehmonxonani butkul bosib qolgan. Ilk maʼlumotlarga koʻra, Rigopiano mehmonxonasida 30 odam bor edi.

Qor koʻchishiga Italiya markaziy hududlarida yuz bergan zilzila sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.

Qattiq qor yogʻishi va yoʻllarning yopilib qolishi tufayli qutqaruvchilar mehmonxonaga payshanba tongidagina yetib borishga muvaffaq boʻlishdi.

Italiya matbuoti qutqaruvchilar vakili Antonio Krochettuning "oʻlganlar koʻp" deb aytgan bayonotidan iqtibos keltirishmoqda.

Qutqaruvchilarga koʻra, qor bosib qolishi oqibatida mehmonxona tomining bir qismi oʻpirilib tushgan.

Shikast yegan binoning yonidan ikki odam topilgan va kasalxonaga yuborilgan.

Oxirgi kunlarda Gran Sasso togʻi va atrofida besh metrga teng qor yoqqan.

Chorshanba tongida Italiyaning Latsio, Abrutstsio va Marke viloyatlarida 5 balldan ham kuchliroq toʻrtta zilzila yuz bergandi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring