Donald Tramp va Oʻzbekiston...

Shavkat Mirziyoyev Image copyright COURTESY

Oʻzbekiston Amerika Qoʻshma Shtatlarining bugun - 20 yanvar kuni rasman qasamyodga keltirilijak yangi respublikachi prezidenti Donald Tramp oʻzining saylovoldi kampaniyasi chogʻida xosan tilga olgan sanoqli davlatlardan biri boʻladi.

Videolavhani BBCUZBEK YouTube kanalida tomosha qiling.

Donald Tramp Oʻzbekiston va oʻzbekistonliklar nomiga Iroq, Suriya, Afgʻoniston, Pokiston, Yaman, Somali va Marokash qatorida toʻxtalib oʻtgan.

Oʻzbekistonni "ehtimoliy terrorchilar yetishtirib berayotgan davlatlar" safiga qoʻshgan, boshqa mamlakatlardan musulmonlarni Amerikaga kirishini taqiqlash gʻoyasini eslarkan, Donald Tramp ularni "terrorchilar", deb ham atagandi.

Alal-oqibat oʻtgan yilning 8 noyabr kungi prezident saylovida gʻolib chiqqan respublikachi nomzodning 4 avgust kuni Portland shahrida yangragan bu soʻzlari turli ijtimoiy muloqot tarmoqlarida oʻzbekistonliklarning gʻazabnok munosabatlariga sabab boʻlgandi.

Oʻsha paytda Oʻzbekiston muvaqqat prezidenti boʻlgan Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev esa, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston liderlaridan keyin Donald Trampni gʻalabasi bilan qutlagan toʻrtinchi Markaziy Osiyo davlati rahbari boʻlgandi.

Oʻz tabrigini bu uchovlondan bir kun keyin yoʻllagan hozirda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShning 45-prezidentiga "sogʻliq va masʼuliyatli davlat mansabida ulkan muvaffaqiyatlar, butun Amerika xalqiga tinchlik, osoyishtalik va taraqqiyot tilab" qolgandi.

Image copyright Getty Images

Oʻz oʻrnida taʼkidlash joiz, marhum prezidenti Islom Karimovning chorak asrdan ortiqroq boshqaruvi davrida Oʻzbekiston global siyosatda "qudratlarga" nisbatan oʻzining beqaror tashqi siyosati bilan tanilib ulgurgan.

Hali muvaqqat prezident ekan, Shavkat Mirziyoyev tashqi siyosat masalasida "marhum prezident Islom Karimov kontseptsiyasiga sodiq qolishlari"ni bayon qilgan.

Rasman ham Rossiya va ham AQSh bilan har tomonlama manfaatli hamkorlik oʻz tashqi siyosatlarida muhim ahamiyat kasb etib qolishini alohida tilga olib oʻtgan.

Boshqa tomondan, Donald Trampning qudratga kelishi oʻtgan 15 yil davomida AQSh-Oʻzbekiston aloqalarida muhim oʻrin tutib kelgan qoʻshni Afgʻonistonda Rossiya faollashish harakatida boʻlgan, demokratchi prezident Barak Obama davrida rasmiy Moskva va Vashington oʻrtasidagi munosabatlarga jiddiy darz yetib ulgurgan bir manzarada qudratga kelmoqda.

Ustiga ustak, respublikachi prezident Afgʻonistondagi xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyat 2001 yildan buyon kuzatilmagan bir darajada izdan chiqib boʻlgan, mamlakatda barcha mintaqa davlatlarini birdek jiddiy xavotirga solayotgan Yaqin Sharqdagi IShID guruhi qadar faollashishga muvaffaq boʻlgan bir paytda oʻz prezidentligini boshlamoqda.

Shunday esa, mavjud vaziyatda AQSh yangi respublikachi prezidentining Oʻzbekistonga nisbatan tashqi siyosati qanday boʻladi? - Va bunga javoban rasmiy Toshkentniki-chi?..

BBC Oʻzbek Xizmati xuddi ana shunday savol bilan Toshkentdan siyosiy tahlilchi Anvar Nazirovga murojaat qildi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring