Musulmonlar bugun Trampdan qanchalik xavotirda?

Amerika musulmonlari Image copyright COURTESY

Amerika Qoʻshma Shtatlarining bugun - 20 yanvar kuni rasman qasamyodga keltirilgan yangi respublikachi prezidenti Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi chogʻida oʻzining musulmonlarga qarshi keskin chiqishlari bilan ham tanilgan.

Hukumat musulmonlarning Amerikaga nisbatan munosabatini "toʻliq aniqlab olmaguncha", ularning mamlakatga kirishlarini butkul taqiqlashga chaqirgan.

Videolavhani BBCUZBEK YouTube kanalida tomosha qiling

Respublikachi nomzodning bu kabi daʼvati qanchalik shov-shuvli boʻlmasin, uning aksariyat tarafdorlari tomonidan olqishlar bilan kutib olingan.

Donald Tramp esa, Oq Uy qolib, hatto, oʻz partiyadoshlarining keskin tanqidlariga sabab boʻlgan bu chaqirigʻini oʻzining konservativligi bilan tanilgan Xavfsizlik Siyosati markazi tomonidan olib borilgan soʻrov natijasi bilan oqlagan.

Yangi soʻrov natijasi 25 foiz musulmonlar Amerikaga qarshi hujumlar asosli ekaniga ishonishini aniqlaganini iddao qilgan.

Bu daʼvatidan avval Donald Tramp mamlakatdagi ayrim masjidlarni yopish, musulmonlarni muntazam ravishda kuzatuv ostida tutishga ham chaqirgandi.

Donald Tramp orada Oʻzbekiston, Iroq, Suriya, Afgʻoniston, Pokiston, Yaman, Somali va Marokashni tilga olib, ularni, oʻz taʼbirida, "ehtimoliy terrorchilar yetishtirib berayotgan davlatlar" safiga qoʻshgan, fuqarolarini esa, "terrorchilar", deb atash darajasigacha borgandi.

Trampning musulmonlar haqidagi ushbu bayonotlari AQSh va boshqa mamlakatlarda siyosatchilar va diniy rahbarlar tomonidan keskin tanqidlarga sabab boʻlgan.

Image copyright Getty Images

Britaniyada Donald Trampning Britaniyaga kirishini taqiqlash talabi bilan petitsiya tashkil qilingan. Bu petitsiyani dastaklab bir necha yuz ming kishi imzo ham qoʻygandi.

Bu kabi tanqidlar manzarasida Donald Tramp oʻz soʻzlarini yumshatishga ham borgan, bularning barchasi daʼvat emas, "bir taklif" boʻlganini daʼvo qilib chiqqan.

Bundan tashqari, "Amerikani birlashtirish" niyatida ekanini qayta-qayta bayon qilishga ham tushib qolgan.

8 noyabr kungi prezident saylovi ortidan, uning musulmonlarga oidi doxil qator shov-shuvli bayonotlari "yoʻqolib" ham qolgandi.

Bugungi qasamyod marosimi arafasida Vashingtonda oʻtgan kontsertda ham Donald Tramp yana bir bor "Amerikani birlashtirish"ga vaʼda bergan.

Ammo Amerika-Islom aloqalari kengashi (CAIR) tomonidan chop etilgan soʻnggi hisobotga koʻra, soʻrovga tortilgan musulmon ovoz beruvchilarining 72% foizi Demokratlar nomzodi Hillari Klintonga ovoz berishlarini aytganlar.

Image copyright COURTESY

Amerikalik musulmonlar esa, odatda, respublikachilar uchun ovoz berib kelishgan.

Pew Research Center maʼlumotlariga koʻra, 2014 yili 0,9% foiz amerikaliklar oʻzlarining musulmon ekanliklarini aytishgan.

2011 yilda Amerika Musulmonlari tashkiloti oshkor etgan maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda 2,75 million musulmon boʻlgan.

Agar, "Vashington Post" nashrining oʻtgan yil oxirida eʼlon qilgan maʼlumotlariga tayanilsa esa, aynan Donald Trampning prezident saylovidagi gʻalabasi ortidan, butun Amerika boʻylab musulmonlarga qarshi "diniy nafrat zaminida" amalga oshirilayotgan hujumlar soni keskin ortgan.

BBC Oʻzbek Xizmati Amerikaning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp rasman oʻz vazifasi ijrosiga kirishishi arafasida u yerdagi musulmonlarning kayfiyatlariga nazar tashlash uchun Indiana shtatidan taniqli oʻzbek ziyolisi, professor Nazif Shahroniy bilan bogʻlandi - tafsilotlari videolavhamizda.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring