Tramp matbuotni 'diyonatsiz'likda aybladi

Image copyright Reuters
Image caption Доналд Трамп (чапда) ва Барак Обаманинг 2009 йилги расмий қасамёд маросими

Prezident Donald Tramp matbuotni o'z qasamyod marosimida ishtirok etgan odamlar soni yuzasidan noto'g'ri xabar tarqatishda ayblagan. Janob Trampga ko'ra, teletasvirlar va fotosuratlarda inauguratsiyaning aniq manzarasi aks etmag

Janob Tramp juma kuni Kapitol binosi oldida nutq irod qilgan payti "ko'rinishidan" 1,5 million odam to'planganini iddao qilgan.

Keyinroq, Oq Uy matbuot kotibi "rasmiy qasamyodga hech qachon bu qadar katta sonda tomoshabin" kelmaganini aytgan.

Ammo hech birlari o'z da'volariga dalil keltirishmagan.

Suratkashlar 2009 yilgi Barak Obamaning inauguratsiyasida anchayin ko'proq kishi qatnashganini ko'rsatishadi.

Shanba kuni AQSH va dunyo bo'ylab Tramp janoblarining yangi ma'muriyatiga qarshi norozilik chiqishlari bo'lib o'tdi.

Amerikadagi eng yirik yurish Vashingtonda tashkil qilingan. Shahar rasmiylari hisob-kitoblariga ko'ra, 500, 000 dan ortiqroq odam to'plangan. Nyu Yorkda esa 400, 000, Chikago va Los Anjelos doxil boshqa shaharlarda yana yuz minglab kishilar ko'chalarga chiqishgan.

Ular asosan xotin-qizlar haqlariga e'tibor qaratishgan.

Tashkilotchilarning so'zlariga ko'ra, Donald Tramp hokimiyatga kelishi bilan ayollar huquqi xavf ostida qolgan.

Donald Tramp Markaziy Josuslik Agentligining Virjiniya shtati Lengli mintaqasida joylashgan qarorgohiga safari chog'i norozilik namoyishlarini og'izga olmagan, aksincha, diqqatni matbuotga qaratgan.

Amerika matbuoti esa Prezident Trampning juma kungi rasmiy qasamyod marosimini yoritishda nohaqlik bo'lgani borasidagi izohlariga g'azabnok munosabat bildirgan.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TЕLЕGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring