Lindsey Lohan: "Alaykum salom"

Image copyright hurriyetdailynews.com
Image caption Lindsey Lohan Turkiyada hijob oʻrashi ortidan mish-mishlar tarqalgan.

Lindsey Lohan Islom dinini qabul qilgani haqida mish-mishlar tarqalganiga bir necha kun boʻldi.

Bunga sabab Gollivud yulduzining Turkiyada hijob oʻrab rasmga tushgani edi.

Koʻpchilik sanʼatkor hatti-harakatlarida ham muayyan oʻzgarishlar kechganini ilgʻagan.

LiLo yo Lindsey Lohan goʻyo oʻz Twitter va Instagram sahifasidagi barcha eski "ochiq-sochiq" suratlarini oʻchirgan.

Mujda oʻlaroq esa sahifalarida "Alaykum salom" deb yozib qoʻygan.

Mazkur harakatlari ortidan koʻplab musulmonlar uni Islomga kirdi, degan xayolda, ummatimizga xush kelibsan, deb chiqa boshlashdi.

Mashhur yulduzning yozishma va gaplari Gʻarbda ham koʻplab nashrlar eʼtiborini tortdi.

Ammo aktrisaning oʻzi ayni masalada bayonot bermadi.

Xullas, hech kim bir savolga aniq javob topolgani yoʻq: Lindsey Lohan musulmon boʻldimi yo yoʻqmi?

Bir kun oldin Anqarada Prezident Erdoʻgʻan va uning oilasi uchrashib, millionlab suriyalik qochqinlarga boshpana bergani uchun Turkiyaga tashakkur bildirdi.

Xuddi shu yerda u Halabdagi hujumlar haqida yozib gʻarbda tanilgan suriyalik qizaloq Bana Alabed bilan uchrashdi.

Biroq bu soʻnggi uchrashuvlarda aktrisaning boshida roʻmoli yoʻq edi.

Lindsey Lohan 11 yoshida ajrashgan ota-onasini yarashtirishga intilgan egizak opa-singil rolini oʻynab tanilgandi.

Ammo keyinroq aktrisa atrofidagi qator mojaro va mashmashalar uning obroʻyiga soya soladi.

Bi-bi-si Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq