Oʻzbekistonda Islom Karimov xotirlanmoqda

Toshkentdagi "Navroʻz" restoranida Karimov xotirasiga ehson oshi berilmoqda Image copyright darakchi.uz
Image caption Toshkentdagi "Navroʻz" restoranida Karimov xotirasiga ehson oshi berilmoqda

Oʻzbekistondagi ommaviy axborot vositalari xabariga koʻra, mamlakatda marhum prezident Islom Karimovning tugʻilgan kuni munosabati bilan taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari, harbiy qismlar va mahallalarda xotira kechalari oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni Samarqandga tashrif buyurgan.

U Islom Karimov qabrini ziyorat qilgani va qabr ustida Qurʼon tilovat qilingani aytildi.

Toshkentdagi "Navroʻz" restoranida Karimov xotirasiga ehson oshi berilmoqda.

Prezident Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida qaror imzolagan.

Qarorga koʻra, har yili 2 sentyabr sanasi Islom Karimov xotira kuni sifatida yod etiladi, 30 yanvar esa "Birinchi Prezident tavallud topgan sana" sifatida keng nishonlanadi.

Oʻz otasining tavallud kuni munosabati bilan marhum prezidentning kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva Facebook sahifasida otasini xotirlab bayonot chop etdi.

"Hamisha 30 yanvar kuni biz Sizni tavallud ayyomingiz bilan qutlashga oshiqar edik. Bugun esa oʻzgacha... Siz endi bizning oramizda yoʻqsiz, aziz otajonim...Shunday boʻlsa-da, biz dildan doimo sizning borligingizni his etib turamiz....To qalblarimizdagi muhabbat abadiy yashar ekan, siz ham yuraklarimizda mangu qolajaksiz", - deb yozgan Lola Karimova-Tillayeva .

Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni 78 yoshida vafot etgani eʼlon qilingandi.

Avvalroq Karimovning Oqsaroy rezidentsiyasi 30 yanvarь kuni marhum prezident xotirasiga bagʻishlangan muzey sifatida ochilishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Biroq, muzey ochilishi haqida rasmiy maʼlumot berilmagan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring