Bir dollarga ham uylansa boʻlarkan

Toʻyda na libos, na gullar yo na tort bor edi
Image caption Toʻyda na libos, na gullar yo na tort bor edi

Toʻy qilishga pul topa olmagan keniyalik juftlik 1 dollarlik marosim uchun ijtimoiy tarmoqlarda olqishlarga sazovor boʻlishdi.

27 yoshli Vilson va 24 yoshli Ann Matura oddiygina jinsi shim, futbolka va krossovkalarda nikohdan oʻtdilar.

Ularning qoʻllaridagi ikki yaltiroq poʻlat halqa 1 dollarga tushgan.

Ikkovlon 2016 yilda toʻy qilish uchun zarur boʻlgan 300 dollarni yigʻa olmay ikki marta toʻylarini kechiktirishga majbur boʻlganlar.

Bu yil ular sarf-xarajatlarsiz boshlarini qovushtirishga qaror qilishgan.

Rasmiy nikoh xarajatlarini cherkov qoplashga rozi boʻlgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirganlar juftlikni olqishlab, toʻy bazmlari tobora qimmatlashib borayotganidan shikoyat qildilar.

Vilson va Ann uch yil avval tanishganlar, ammo doʻstlari va qarindoshlaridan pul soʻrab ham toʻy uchun yetarli moliyani yigʻa olishmagan.

Vilsonning BBCga aytishicha, uning akasi toʻy qilmasdan Ann bilan yashashni taklif qilgan.

Ammo, meva sotuvchi Vilson va Ann nasroniy boʻlganlari uchun, cherkovning oq fotihasidan oʻtgandan keyingina oila qurishni istashgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring