"Rossiya xakerlari Gʻarbni beqarorlashtirmoqchilar"

Maykl Fellon Image copyright PA

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellonning aytishicha, Rossiya xakerlari Gʻarbdagi demokratiya va infrastruktura tizilmlarini mutassil ravishda nishonga olib, kiber hujum kampaniyasini olib bormoqdalar.

"Moskva NATO va Gʻarb hukumatlarini beqarorlashtirish va zaiflashtirish maqsadida maʼlumotlarni qurolga aylantirmoqda", dedi janob Fallon.

Uning aytishicha, Gʻarbdagi ittifoqchilar uchun kiber hujumlardan himoya qobiliyatini kuchaytirish muhimdir.

"NATO havo, yer va suvda oʻzini himoya qilganidek, kiber fazoda ham oʻzini samarali himoya qila olishi lozim. Hujumchilar bilishsinki, kiber qurolni ishga solsalar bunga munosib javob boʻladi", dedi Britaniya mudofaa vaziri.

Janob Fellon Rossiya tomonidan shu vaqtgacha amalga oshirilgan kiber hujumlar qatorida 2015 yili aprel oyida Fransaning TV5Monde telekanali va Olmoniya parlamentining quyi palatasi websahiflariga hujumlarni tilga oldi.

TV5Monde kanaliga hujum uning mutlaqo efirdan oʻchib qolishiga olib kelgan boʻlib, dastlab IShID xakerlari bu hujumda masʼuliyatni daʼvo qilishgandi.

Britaniya mudofaa vaziri AQShdagi prezidentlik saylovlari davrida ikki asosiy partiya vebsahifalariga xakerlik hujumida ham Rossiya qoʻli borligi gumon qilinishini aytdi.

Rossiya bu kabi daʼvolarni rad etib kelgan va WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning aytishicha, saylovlar davrida Demokratlar partiyasidan koʻplab elektron maktublarning oshkor boʻlishi ortida Moskva turmagan.

"Rossiya NATO va Gʻarbni sinovdan oʻtkazayotgani aniq. Rossiya oʻz taʼsir doirasini kengaytirmoqchi, mamlakatlarni beqarorlashtirib, ittifoqlarni zaiflashtirmoqchi. Koʻplab ittifoqchilarimizning milliy xavfsizligi va xalqaro qonun-qoidalarga asoslangan tizmlarga daxl qilmoqda", dedi Maykl Fellon.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring