Qashqadaryo: "Elektr va gaz taʼminoti yaxshilanmoqda"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Қашқадарё қишлоқларидан бири

Qashqadaryo viloyatining ayrim tumanlarida elektr taʼminotida uzilishlar keskin kamaygani haqida xabar qilinmoqda.

"Hozir bir haftalardan buyon svet uzluksiz deya olmaymanu, lekin deyarli uzluksiz berib turibdi-da. 2 soat 3 soat oʻchyapti, oldinlari 12-14 soatlab oʻchgan", deydi BBCga gapirgan shahrisabzliklar biri.

Suhbatdoshimiz vaziyat qoʻshni Kitob tumanida ham ijobiy tomonga oʻzgargani haqida aytadi.

"Birga ishlaydigan kitoblik hamkasblarimiz ham: "Bizda ham svet zoʻr yonyapti", deyishyapti".

Aytilishicha, ijobiy oʻzgarishlar nafaqat elektr, balki gaz taʼminotida ham kuzatilmoqda. Shahrisabz shahrida faoliyat qiluvchi tadbirkorning aytishicha, "shaharda oqar gaz qariyb uzluksiz berilmoqda".

Qishloqlarda esa gaz ballonlar yetkazilmoqda. Suhbatdoshimiz buni tasdiqladi.

"Isteʼmolga yetarli miqdorda olib kelinyapti, 20 kunlarda almashtirib ketilyapti... arzon... sakkiz ming soʻm", deydi u.

Prezident farmonlari ijrosimi bu?

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasman saylanganiga ikki oydan ortiqroq vaqt oʻtdi. Ammo u mamlakatni sentyar oyidan beri boshqarib keladi.

Oʻshandan beri Mirziyoyev qator viloyatlarga safar qildi, koʻplab qarorlar oldi va farmonlar imzoladi. Virtual qabulxona jadal ishlayotgani haqida xabarlar berildi. Endi bu qaroru farmonlar ijrosi amalda seziladimi?

Suhbatdoshimiz hukumat vakillaridan iborat guruh hamda xalq deputatlari oddiy odamlar bilan muloqotlar olib borayotgani va ular aholi ehtiyojlarini oʻrganishganidan keyin vaziyat oʻzgarganini aytadi.

"Yomon emas, oʻzgarishlar sezilyapti... Bank vakillari kreditlar taklif qilishyapti... Sharoitlari ogʻirlarga uylar aytilgandi... qiziqqan kishi pul toʻlab uyga ega boʻlyapti, bunga tanish-bilishchilik, poraxoʻrlik yo yoq bu yoq aralashgani yoʻq..." deydi u.

"Eshitma gaplarimiz, hozir deputatlar uchrashuvlar qilishyapti ekan, kamchiliklar haqida soʻralganda, elektr energiya aytilgan ekan..."

"Bizda oʻzgarish boʻlgani yoʻq"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Баҳодир Элибоевнинг айтишича, у яшаётган минтақада электр ва газ таъминоти ҳамон муаммо бўлиб қолмоқда

"Toʻgʻri, juda koʻp qarorlar olindi, oʻzim shaxsan guvohi boʻlganim - qishloq vrachlik punktlari avval soat 4 gacha ishlashgan boʻlsa, hozir soat 10 gacha ishlashmoqda. Bu bitta oʻzgarish... Boshqa qarorlar, mana hozir xalq orasida shov-shuv boʻlgani - nafaqaxoʻrlarning pullarini naqd pulda toʻlash, lekin hali Rishton tumanida naqd pulda nafaqa olganini eshitganim yoʻq... Loy koʻchalar, bolalar maktabga loy kechib oʻtishyapti... homilador ayollar, yoshi kattalar bor, yoshi 70-80ga borganlar qanday yuradi? Bu tomonlarni hisobga olish kerak", deydi fargʻonalik faol Bahodir Eliboyev.

Bahodir Eliboyevning aytishicha, u yashayotgan mintaqada elektr va gaz taʼminoti hamon muammo boʻlib qolmoqda.

"Tabiiy gaz yetkazib berilmaydi, suyultirilgan gaz esa, 2-3 oyda bir ballon toʻldirib beriladi... Balki, Qashqadaryoda deputatlar yurayotgandir, ammo hozircha bizda deputatlar aylanib yurgani yoʻq..." deydi fargʻonalik faol Bahodir Eliboyev.

Oʻzbekistondagi ijtimoiy vaziyatdagi soʻnggi oʻzgarishlarga sababi avval Shavkat Mirziyoyev, keyinroq esa deyarli barcha hukumat organlarida ochilgan "virtual qabulxonalar" ekani aytiladi.

Ommaviy-axborot vositalarida ham elektr va gaz taʼminoti bilan bogʻliq muammolar koʻproq koʻtarilayotganini sezish mumkin.

Ammo viloyatlarda bu kabi muammolarni koʻtarayotgan oʻzbekistonliklardan hamma mulozimlar ham mamnun emas koʻrinadi.

Mustaqil jurnalist Toshpoʻlat Rahmatullayev ona shahri Samarqandda chiroq muammosini yozganidan soʻng shahar prokuraturasidan unga qoʻngʻiroq boʻlgan.

Bu haqda jurnalist oʻzining shaxsiy blogi - rtoshpulat.blogspot.co.uk da yozgan.

Samarqand shahar prokuraturasidan qoʻngʻiroq qilgan yosh xodim jurnalist muammoni koʻtargani uchun idoraga kelishi va suhbatdan oʻtishi kerakligini aytgan.

Jurnalistning uyiga chaqiruv qogʻozi yuborilmagan.

"Suhbatlashish uchun kelasiz. Axir siz chiroq yoʻq, deya shikoyat qilgan ekansiz-ku. Masalani oʻrganish boʻyicha Toshkentdan topshiriq boʻldi", - deya prokuratura xodimining soʻzlarini keltiradi Toshpoʻlat Rahmatullayev.

Jurnalist hech kimga shikoyat qilmagani, aksincha, shaharda yuz minglab odamni tashvishga solayotgan elektr taʼminoti bilan bogʻliq muammoni koʻtarganini aytgan.

Jurnalistning ayni masalada bitgan maqolasi ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin muhokama etilgan.

Mutaxassislarga koʻra, Oʻzbekiston mintaqada elektr va gaz taqqilligi muammosi bilan roʻpara kelayotgan yagona mamlakatga aylangan.

Shu oy qoʻshni Tojikiston ham mamlakat boʻylab ham elektr cheklovlari butunlay bekor qilgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - uzbekbbclondon

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring