Frantsiya yadroviy zavodida portlash boʻldi

Normandiya viloyatidagi mazkur hodisa joyiga qutqaruvchilar safarbar qilingan Image copyright AFP
Image caption Normandiya viloyatidagi mazkur hodisa joyiga qutqaruvchilar safarbar qilingan

Frantsiyaning shimoliy qirgʻoqlarida joylashgan Flamanvil yadroviy zavodida portlash va yongʻin yuz bergan. Ammo rasmiylarga koʻra, yadroviy zaharlanish tahdidi yoʻq.

Ouest-France gazetasiga koʻra, zavodning mashinalarni boshqarish xonasida soat 10:00 atrofida yuz bergan portlashda bir necha odam jarohat olgan boʻlishi mumkin.

Normandiya viloyatidagi mazkur hodisa joyiga qutqaruvchilar safarbar qilingan.

Flamanvilda ikkita yadroviy reaktor bor. Qurilishi davom etayotgan uchinchi reaktorning nusxasi Britaniyada ham oʻrnatilishi moʻljallangan.

Britaniyada "Hinkley Point C" deya nomlangan yadroviy zavod 2025 yilda elektr quvvatini ishlab chiqara boshlashi kutiladi.

2015 yilda Flamanvildagi reaktor qurilayotganida uni qurshab turadigan poʻlat qoplamada nuqson topilgandi.

Siqilgan suv bilan ishlovchi yangi reaktorning oʻrnatilishi bir necha yildirki kechikmoqda.

Yadroviy quvvatga qarshi faollar mazkur loyihaga qarshi qator namoyishlar oʻtkazganlar. Oktyabrda oʻtgan namoyishda kamida 2700 faol qatnashgandi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring