Президент йўқолиб қолса...
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Prezident yoʻqolib qolsa...

Nigeriya prezidenti omma oʻngida 1 oydan beri koʻrinmay qolgani uchun turli mish-mishlar tarqamoqda.

Nigeriya prezidenti qayerda?

Nigeriyada emasligi aniq...

Bu hafta Muhammadu Buhari Donald Tramp bilan gaplashdi.

Lekin omma o'ngida u 1 oy avval ko'ringandi.

O'shanda u Gambiyada tinchlik muzokaralarida edi.

Bir hafta o'tib u yana yo'lga chiqdi.

Bu galgisi Londonga rejalanmagan ta'til edi.

2 hafta o'tib Senatga maktub yo'llab, ko'proq ta'til so'radi.

Tibbiy tekshiruvlar natijalarini kutayotganligini aytdi.

Shunda mish-mishlar boshlandi.

O'lgan bo'lsa ochig'ini aytishmaydimi? Yoki biz qiynalganda dam olib yuribdimi?

Yar'Aduaning kuni uning boshiga tushmasin tag'in...

Prezident Yar'Adua 2010 yili vafot etgandi.

Uning o'lim to'shagida yotganini ommadan berkitishgandi.

Hukumat prezident Buhari sog'-omon demoqda.

Chop etilgan suratlarga qaramay mish-mishlar davom etmoqda.

Mamlakat bo'ylab uning haqqiga duolar o'qilmoqda.

Lekin Buhari qaytib, omma o'ngida paydo bo'lmas ekan, mish-mishlar davom etaveradi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring