Ozarbayjon prezidenti oʻz xotinini vitse-prezident qildi

Сурат манбаси, Ivan Sekretarev/AP
Aliyevaning dabdabali hayot, moda va kosmetik jarrohlik amaliyotlariga boʻlgan qiziqishi mazax qilingan
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev oʻz rafiqasi Mehribon Aliyevani vitse-prezident lavozimiga tayinladi.
Mehribon Bakiyevaning yangi lavozimga tayinlangani prezidentning internet sahifasida eʼlon qilindi.
Ilhom Aliyev neftga boy Ozarbayjonni otasi - sobiq prezident Geydar Aliyev 2003 yilda oʻlganidan beri boshqarib keladi.
52 yoshli Mehribon Aliyeva - deputat, shuningdek, Geydar Aliyev jamgʻarmasiga rahbarlik qiladi.
Mehribon Aliyevaning xayriya tadbirlari Ozarbayjon davlat matbuotida keng yoritib kelinadi.
Biroq, inson huquqlari faollari Prezident Aliyevning xur fikrli jurnalistlar va muxolifatga bosimi, hamda davlat idoralaridagi korruptsiyani qattiq qoralaydilar.
Sentyabr oyida janob Aliyev referendum oʻtkazib vitse-prezident lavozimini tashkil qildi va prezidentlik muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytirdi.
Oʻtgan yil matbuotga sirqib chiqqan AQSh diplomatik hujjatlarida Mehribon Aliyeva deputat boʻlishiga qaramay, siyosiy masalalar borasidagi maʼlumoti nochor ekani aytilgan.
Bu hujjatlarda uning dabdabali hayot, moda va kosmetik jarrohlik amaliyotlariga boʻlgan qiziqishi mazax qilingan.
Uning otasi Arif Pashayev Ozarbayjonning eng badavlat tadbirkorlaridan biridir.
Mehribon va Ilhom Aliyevning uch farzandi bor.
BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio
bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring