Muhammad boʻlgani uchun AQShga kiritilmadimi?

Juhel (Muhammad) Miya asli kelib chiqishi bangladeshlik, lekin Britaniyada tugʻilgan va faqat britan pasportiga ega
AQShga uchishga shaylangan britaniyalik musulmon oʻqituvchi oʻz oʻquvchilari koʻzi oldida samolyotdan chiqarib olingan va unga hech qanday izoh berilmagan.
Pasportida ismi Muhammad Miya boʻlgan, lekin hayotda Juhel Miya ismini qoʻllovchi oʻqituvchi oʻzining 39 oʻquvchisi va 5 hamkasbi bilan Islandiyaga uchib borgan.
Soʻngra 16 fevralda mazkur guruh Islandiya poytaxti Reykyavik aeroportida Nyu-Yorkka uchadigan samolyotga chiqishgan, ammo qoʻriqchilar hech qanday izohsiz Miyani samolyotdan tushirishgan.
Miya BBCga muddati 2019 yilda tugaydigan AQSh vizasi borligi va hech qanday jinoiy oʻtmishga ega emasligini aytdi.
"Hamma menga xuddi men bir yomon ish qilib qoʻygandek qarashdi. Men oʻzimni juda ham nochor his qildim. Qayta-qayta nega meni samolyotdan tushirib yuborayotganlarini soʻradim, lekin hech kim menga javob bermadi", - dedi u.
Uning qoʻshimcha qilishicha, u AQSh Prezidenti Donald Tramp imzo chekkan taqiqlov farmoniga kiritilgan yetti musulmon davlatning birontasida boʻlmagan.
Janob Miya asli kelib chiqishi bangladeshlik, lekin Britaniyada tugʻilgan va faqat britan pasportiga ega.
Oʻqituvchi yashaydigan Uels rahbariyati Britaniya Tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonga "zudlik bilan aniqlik" kiritishni soʻrab maktub yoʻllagan. Nit Port Talbot hokimiyati esa AQSh elchixonasiga yozma noroziligini izhor qildi.
Londondagi AQSh elchixonasi biron munosabat bildirgani yoʻq.
BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio
bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring