Toshkentda besh qavatli binoda yongʻin

Toshkentda yonayotgan bino

Сурат манбаси, Maruf Ackarov - YouTube

Сурат тагсўзи,

Toshkentdagi besh qavatli binoda kelib chiqqan yongʻin haqida hali maʼlumotlar juda kam

"Toshkentning Chilonzor tumanida odam yashamaydigan qandaydir binoda yongʻin chiqqan va alanga jilovlangan".

BBC bogʻlangan Oʻzbekiston IIV Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi navbatchisi ana shunday javob berdi.

Oʻzini tanishtirmagan va boshqa maʼlumot bera olmasligini bildirgan xodim, qurbonlar yo jabrlanganlar toʻgʻrisida hozircha maʼlumot yoʻqligini taʼkidladi.

Unga koʻra, ayni inshoot toʻqimachilik korxonasi binosi boʻlishi mumkin.

Yongʻin sabablari ham hali nomaʼlum. Shuningdek, oʻt olgan payti bino ichkarisida qancha odam boʻlgani va ularning barchasi xavfsiz joyga olib chiqib-chiqilmagani ham maʼlum emas.

Oldinroq ulkan alanga ichida qolgan besh qavatli bino va atrofida oʻzbekcha gapirayotganlar odamlar aks etgan video internetga qoʻyilgandi.

Ushbu tasvirda ikkinchi qavatga narvon qoʻyib, ichkaridagilarni qutqarishga intilayotgan odamlar ham koʻrinadi.

Shuningdek, olovni oʻchirishi uchun suv sepayotganlar tasviri ham tushgan.

Ilgariroq, Chilonzor tumani Choʻpon-ota koʻchasida ishlaydigan shaxs ham oʻz ishxonasidan turib "toʻqimachilik binosi yonayotgani"ni koʻrganini aytgandi.

BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring