Toshkent: Yongʻinda 16 kishi jabrlangan

Toshkentdagi yongʻin chiqqan bino

Сурат манбаси, kun.uz

Сурат тагсўзи,

Toshkentdagi yongʻin chiqqan bino

Oʻzbekiston Oʻrmon xoʻjaligiga tegishli binoda chiqqan yongʻin sabablari hali aniq emas. Ammo alanga boshlanishida besh qavatli yirik binoning katta qismini qoplab olgan edi.

IIV vakillariga koʻra, peshindan keyin kelib chiqqan yongʻin kechki soat 18.16da bartaraf etilgan, qurbonlar yoʻq.

Ammo tutundan dimiqqan va olovdan qochib oʻzini pastga tashlagan jami 16 yishi turli jarohatlar olishgan. Ular kasalxonaga olib borilgan.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu binoini tikuvchilik korxonasiga ijaraga olib, yuritayotgan boʻlgan.

Ish kuni boʻlishicha qaramay, yongʻin chiqqan payti binoda qancha odam boʻlgani ham maʼlum emas.

Oʻzbekistonda soʻnggi yillari bozorlar va avtobuslar yonishi koʻp uchraydi.

Ayniqsa, avtobuslar yonishi tez-tez kuzatilmoqda.

Bir necha hafta oldin esa poytaxtdagi yirik "Manas" restorani yonib ketgan edi.

Mutaxassislarga koʻra, yongʻin xavfsizligi meʼyorlariga rioya qilinmasligi ham bunga sabab boʻladi.

Avtobuslarning yonishi sabablari esa sifatsiz ehtiyot qismlariga bogʻlab tushuntirilgan.

Ayni damda, gaz uzilib turishi bois baʼzida portlashlar kelib chiqishi, isitish uchun ishlatilgan koʻmir yo gaz pechkalari isidan zaharlanish hollari ham sodir boʻlmoqda.

BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring