O‘zbekistonliklar AQShdagi xorijiy terrorchilar ichida yetakchilardan

Сурат манбаси, AP
O'zbekiston fuqarolari AQShga kirishi taqiqlangan besh mamlakat fuqarolaridan ko'proq terror amaliyoti sodir etgan. Amerika Ichki xavfsizlik vazirligi tomonidan tayyorlangan hisobot ekanligi aytilayotgan hujjatga ko'ra, o'zbekistonliklar "terrorchilar"ning old yetti mamlakatidan biri bo'lgan. AQShdagi yarmidan ko'p terror amaliyotlari esa amerikaliklarning o'zi tomonidan sodir etilgan.
Amerika maxsus xizmati Trampning migratsion farmonini tanqid qilgan.
AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi prezident Donald Tramp tomonidan yetti mamlakat fuqarolariga nisbatan qo'yilgan Amerikaga kirish taqiqini samarasiz dedi.
Wall Street Journal va Associated Press nashrlarining xabar berishicha, Oq uy AQSh maxsus xizmatiga mamlakat rahbari tomonidan qabul qilingan choralarni baholab berishni topshirgan.
Vazirlik tomonidan tayyorlangan hisobotda aytilishicha, terroristik faollik salohiyatini belgilashda fuqarolik ishonchli ko'rsatgich emas.
Unda aytilishicha, Amerikada terror amaliyotlari sodir etishga uringan, bu yo'lda o'lgan va ushlangan shaxslarning yarmidan ko'pini shu yerda tug'ilib o'sgan AQSh fuqarolari tashkil qiladi.
Trapm tomonidan kirish taqiqlangan yetti mamlakat ichida faqatgina ikkitasi Iroq va Somali fuqarolari Amerikada terrorizmda eng ko'p ayblangan chet elliklar ro'yxatiga kirgan.
Amerikada teror amaliyotlarida ayblangan chet el fuqarolari ro'yxatini Pokiston, Somali, Bangladesh, Kuba, Efiopiya Iroq va O'zbekiston boshqarib turibdi.
Ushbu hujjat nusxasi nomlari keltirilgan nashrlarda borligi aytilmoqda.
Vazirlik matbuot kotibi Jillian Kristensen hisobot tayyorlanganligini tasdiqladi. Uning ta'kidlashicha, ushbu nashrlardagi gap "idoralararo tadqiqot natijasida tayyorlangan hisobotga emas, balki ochiq manbalarda bildirilayotgan izohlarga asoslangan".
Kristensen vazirlikning xulosasida siyosiy maqsadlar aks etgan degan da'volarni "mutloqo asossiz va xato" ekanligini aytdi. Bahslar hujjatning siyosiylashtirilgani haqida emas, balki uning sifati va keltirilgan ma'lumotlar atrofida bo'lganligini ta'kidladi.
Trampning hujjatga bo'lgan munosabatini izohlagan Oq uy vakili Maykl Shortning aytishicha, xisobot prezident so'ragan to'liq josuslik tahlili emas.
"Razvedka xizmatlari siyosatga emas, balki barcha ochiq manbaalarga va josuslik ma'lumotlariga asoslangan yagona to'la qamrovli hisobot tayyorlaydi", - degan u.
Trapm lavozimiga o'tirishi bilan AQShga yetti mamlakat, Iroq, Suriya, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman, fuqarolarining kirishini vaqtinchalik taqiqladi. Ushbu qaror 100 ming vizani bekor qilishga olib keldi.
Tramp qarori AQShda minglab odam ishtirok etgan namoyishlarga sabab bo'ldi. Ushbu choralarga qarshi chiqqan AQSh Bosh prokurori vazifasini bajaruvchi Salli Seyts iste'foga chiqarildi.
Natijada Sietl federal mahkamasi hujjat bo'yicha tushgan shikoyatlarni o'rganib chiqish uchun farmonni to'xtatib turish haqida hukm chiqardi. Prezident ma'muriyatining ushbu hukmni bekor qilish harakatlari besamar ketdi. Shundan so'ng Tramp migratsiyaga oid yangi farmon chiqarishga va'da berdi. Biroq hozircha uni amalga oshirmadi.
Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook- BBC UZBEK
Google+ BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio
bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiringBi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02

Трампнинг фармони олийлари унга қандай куч-қудрат беради?
Трампнинг фармони олийлари кучи қандай ва улар АҚШ сиёсатини неқадар ўзгартира олади?