Futbol boʻyicha 2018 yilgi Jahon chempionati va 2017 yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi tadbirlari munosabati bilan Rossiyaning qator shaharlarida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi.
Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.
Iyun-iyul oylarida Rossiyaning qator shaharlarida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi.
Bu Futbol boʻyicha 2018 yilgi Jahon chempionati va 2017 yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi tadbirlari bilan bogʻliq.
Shaharlar roʻyxati: Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Yekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-na-Donu, Samara, Saransk va Sochi.
Migrantlarni hisobga qoʻyish muddati bir sutkagacha qisqartiriladi.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarni mazkur oʻzgarishlarni hisobga olish haqida ogohlantirdi:
"Oʻz vaqtida migratsion hisobga qoʻymaslik Rossiya hududiga kirishga cheklov qoʻyilishiga olib kelishi mumkin".
- BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
- BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.