Londondagi hujumlardan soʻng - foto

Ja'mi suratlar: Londonda 3 iyun tunida sodir etilgan hujumlardan keyin politsiya tergovi davom etar ekan, hujumlarga bogʻliq joylarda olingan fotosuratlar.

Raids in Barking

Сурат манбаси, Reuters

Сурат тагсўзи,

Shanba tunida London Bridj koʻprigi va Boro Market atrofida uyushtirilgan hujumlar oqibatida 7 inson halok boʻldi, 48 kishi jarohatlandi. Ushbu hujumlarga bogʻliq deb koʻrib London politsiyasi shaharning Barking tumanida 12 kishini hibsga oldi.

Сурат манбаси, Reuters

Сурат тагсўзи,

3 iyun tunida politsiya uch hujumchini otib oʻldirgan. Hujumchilardan biri Barkingdagi koʻp qavatli binoning birinchi qavatida xotini va ikki bolasi bilan birga yashagan.

Сурат манбаси, Reuters

Сурат тагсўзи,

Shanbadagi terror hujumlaridan keyin London markazidagi hujumlar sahni oʻrab olinib harakatlanish taqiqlandi.

Сурат манбаси, Getty Images

Сурат тагсўзи,

Hodisalar roʻy bergan joylar atrofida aksilterror kuchlarining patruli yoʻlga qoʻyildi.

Сурат манбаси, Getty Images

Сурат тагсўзи,

Qurollangan ofitserlar hujumlar yuz bergan joyga yaqin "Shard" minorasida ham tekshirishlar oʻtkazdilar, "Shard" Britaniyaning eng baland binosi hisoblanadi.

Сурат манбаси, Reuters

Сурат тагсўзи,

Temza daryosida ham politsiya patruli amal qilmoqda.

Сурат манбаси, AFP

Сурат тагсўзи,

Hujumlar joyida sud-tibbiyot ekspertizasi mutaxassislari ishladilar.

Сурат манбаси, Reuters

Сурат тагсўзи,

Iskovuch itlar ham ashyoviy dalillarni qidirishga jalb etildi.

Сурат манбаси, Reuters

Сурат тагсўзи,

Britaniya Bosh vazirining idorasi – Dauning Strit ustidagi bayroqlar tushirildi.

Сурат манбаси, Reuters

Сурат тагсўзи,

Hujumlardan keyin hamma narsani shu holicha qoldirish buyrugʻi berildi. London Bridj koʻprigida avtobuslar, taksi va boshqa avtomobillar qoldirib ketildi.

Сурат манбаси, PA

Сурат тагсўзи,

London Bridj koʻprigida furgon piyodalarni bosib ketgani haqidagi xabarlar ortidan politsiya harakatlari boshlandi.

Сурат манбаси, Getty Images

Сурат тагсўзи,

Tezda yon-atrof jamoatchilik uchun yopib qoʻyildi.

Сурат манбаси, Reuters

Сурат тагсўзи,

Bir necha inson pichoqlangani haqidagi xabardan keyin Boro Marketi atrofidagi restoran va barlar ham yopildi.

Сурат манбаси, Gabriele Sciotto

Сурат тагсўзи,

Sotsial media foydalanuvchilaridan bir yerda yotgan insonning fotosuratini eʼlon qildi. Jasadning badaniga bankalar bogʻlangan edi. Keyinchalik portlovchi belbogʻlar soxta ekani tasdiqlandi.

Сурат манбаси, AFP/Getty

Сурат тагсўзи,

Yaralangan insonlarga hodisa joyining oʻzida ilk tibbiy yordam koʻrsatildi. 48 inson shifoxonaga yotqizilgan, ayrimlarining ahvoli ogʻir.

Сурат манбаси, Reuters

Сурат тагсўзи,

Facebook xavfsizlik tekshiruvini yoʻlga qoʻydi, bundan foydalanib insonlar oʻzlarining sogʻ-salomat ekani haqida yaqinlarini ogohlantirib xotirjam qildilar.