Video - "50 milliard soʻm qarz aholining boʻyniga qoʻyilgan"

Bosh prokuratura aholidan kommunal xizmatlar uchun 50 milliard soʻm qarz noqonuniy undirilganini aniqlagan.

Bu haqda Bosh prokuratura mulozimi Vyacheslav Pak Xalqaro press-klubdagi chiqishida maʼlum qilgan.

Uning aytishicha, bu faqat 15 kun mobaynida aniqlangan noqonuniy qarzdorlik faktidir.

"50 milliard soʻmga yaqin yoʻq qarzdorlik aholining boʻyniga qoʻyilgan", - degan mulozim.

May oyida qarzdorlik bilan shugʻullanuvchi yangi tuzilma - Majburiy toʻlov byurosi tuzilgan.

Hozirga qadar hukumat qarzdorlikda faqat aholini ayblab kelardi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.