Toshkent: Qurbon hayitida jamoat transporti 04:00 dan ishlay boshlaydi

Image copyright Reuters

Oʻzbekiston bir daqiqa ichida - eng muhim yangiliklar videotoʻplami.

1 sentyabr, juma kuni Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkent shahrida jamoat transporti, yaʼni avtobus va metro tonggi soat 04:00 dan ishlay boshlaydi. Bu xabarni shahar hokimligi UZ24 axborot portaliga tasdiqlagan. Xabarlarga koʻra, bu qaror aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida qabul qilingan.

Oʻzbekistonda inson aʼzolari bilan savdo qilish jinoiy tartibda taʼqib qilinadi. Xabarlarga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligi bunga oid qonun va mamlakat jinoyat kodeksiga tuzatishlar kiritishga qaratilgan loyihalarni ishlab chiqqan. Ularning hozir muhokama uchun ochiq ekani aytilmoqda.

Rio Olimpiadasi gʻolibi va ikki karra Osiyo chempioni Hasanboy Doʻsmatov bu yilgi jahon chempionatining yarim finaliga chiqqan oʻzbekistonlik birinchi bokschi boʻldi. Hali yana oʻzbekistonlik sakkiz bokschi chorak final janglarini davom etdirishadi. Jahon chempionati 3 sentyabrga qadar davom etadi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02