Futbol: Oʻzbekiston Xitoyga magʻlub boʻldi

futbol Image copyright The-uff.com

JCh-2018 saralash bosqichi "A" guruhi 9-turidan oʻrin olgan Xitoy - Oʻzbekiston uchrashuvi oʻz yakuniga yetdi. Unda Xitoy 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Soʻnggi tur oldidan Oʻzbekiston hamon imkoniyat saqlanib olmoqda.

Uchrashuvning 84-daqiqasida Gao Lin penaltidan gol urib, hisobni ochdi. Oʻyin yakuniga qadar hisob oʻzgarmadi.

Guruhdagi yana bir oʻyin Janubiy Koreya hamda Eron 0:0 hisobida yakunlandi.

Futbol muxlislari: Babayan ketsin!

Mezbon Suriya Qatarni 2:1 hisobida yengdi.

Magʻlubiyatdan soʻng Oʻzbekiston termasi 12 ochko bilan oʻrtinchi oʻringa tushib ketdi.

Ikkinchi oʻrindagi Janubiy Koreya 14 ochko bor, Suriyada 12 ochko bilan uchinchi oʻrinda ketmoqda.

21 ochko toʻplagan Eron Jahon chempionatiga chiqish yoʻllanmasini hal qilib qoʻygan.

Oʻzbekiston 5 sentyabr kuni Toshkentda Janubiy Koreyani qabul qiladi.

Oxirgi turda Oʻzbekiston yutsa va Suriya Eron bilan oʻyinda ochko yoʻqotsa Oʻzbekiston termasida Jahon chempionatiga toʻgʻridan toʻgʻri chiqishi mumkin.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq