Soʻrov: "Dunyoning eng aholisi saxiy davlati Myanmar boʻladi"mi?

Myanmar Image copyright Getty Images

Dunyo davlatlarining umumiy saxiylik reytingida Myanmar yana birinchilikni egallagan.

Reyting Buyuk Britaniyaning "Charities Aid Foundation" xalqaro xayr-ehson tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan.

Bu - Myanmarning saxiylar roʻyxatida ketma-ket toʻrtinchi bor qolgan ishtirokchi davlatlarni ortda qoldirib ketishi boʻladi.

Bu yilgi roʻyxat Myanmarda tanglik kuchaygan, oʻn minglab musulmonlar zoʻravonliklardan qochib, darbadarlikka yuz tutgan bir manzarada eʼlon qilingan.

Shu kunlarda Myanmardan katta sondagi musulmonlarning uylariga oʻt qoʻyilgani, "jangari" ekani aytilgan yuzlabining oʻldirilganiga oid xabarlar olingan.

Checheniston, Turkiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Afgʻoniston doxil qator dunyo davlatlari bu kabi holatni keskin qoralab chiqishgan.

Turkiya Myanmardagi musulmonlarga 1000 tonnalik gumanitar yordam joʻnatish niyatini ham izhor etgan.

Yangi tadqiqot dunyoning 139 davlatida 148 ming kishi orasida olib borilgan.

Saxiylik indeksi uchta yoʻnalish: begonalarga yordam koʻrsatish, koʻngilli xizmat koʻrsatish va pul xayriya qilish darajasi boʻyicha aniqlangan.

Eng rivojlangan davlatlar qolib, rivojlanayotgan va qoloq davlatlarda saxiylik koʻrsatkichi ortgani kuzatilgan.

Yangi soʻrov Gallup tadqiqot markazi tomonidanm World Poll initiative dasturi doirasida oʻtkazilgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq