Anvar qorining "Otin-oyi ovi" tanqid qilindi

Anvar qori Tursunov

Сурат манбаси, Kun.uz

Toshkent shahar bosh imom xatibi Anvar qori Tursunovning Otin-oyilar haqidagi soʻzlari ijtimoiy tarmoqlarda tanqidga uchradi.

OʻzTVdagi filmda ulamo ayollarning toʻplanib, diniy ilm olishini noqonuniy va nosharʼiy deb atagan.

Film qahramoni Fotima Abdullajonova Toshkentda taniqli otin va qoriya ekani aytiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda aksar oʻzbekistonliklar Fotima ayaga birdamlik izhor qilishgan.

Film, baʼzilarning fikricha, marhum Karimov davridagi aksilislomiy targʻibotni eslatgan.

Koʻpchilik "qora roʻyxat"lar tugatilayotgan paytda Otin-oyilarga hujumni tushunmagan.

Сурат манбаси, Facebook

Сурат тагсўзи,

Ijtimoiy tarmoqlarda aksar oʻzbekistonliklar Fotima ayaga birdamlik izhor qilishgan

Prezident Mirziyoyev koʻproq diniy markazlar ochish va jaholatga qarshi kurashishga chaqirgan.

Tahlilchilar Mirziyoyev "maʼnili" diniy siyosat olib borishga urinayotganini aytishadi.

Soʻnggi bir yilda mamlakatda qator masjidlar ochilgan, dindorlarga qarshi taʼqiblar kamaygan.

Ammo faollarga koʻra, TVda namoyish etilgan soʻnggi film Mirziyoyevning bayonotlariga ters tushadi.

Сурат манбаси, Facebook

BBC Toshkent shahar bosh imom xatibi Anvar qori Tursunov bilan bogʻlanishga muvaffaq boʻlganicha yoʻq.

Diniy idora raisining oʻrinbosari, Shayx Abdulaziz Mansur yaqinda Hajdan qaytgani, koʻrsatuvni tomosha qilmaganini aytib, unga raddiya ham berolmasligini bildirdi.

Bu Anvar qorining ijtimoiy tarmoqlarda birinchi marta tanqid qilinishi emas.

Avvalroq u "qimmatbaho" deb taxmin qilingan soat taqqani uchun tanqid qilingandi.

Anvar qori soat oʻziga sovgʻa qilinganini aytib, uning "qimmatbaho" ekanini rad etgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02