Navalniyga Alisher Usmonov "hadyasi" daʼvosini oʻchirish buyurildi

Usmonov va Navalniy mojarosi davom etmoqda Image copyright AFP/reuters/getty
Image caption Usmonov va Navalniy mojarosi davom etmoqda

Moskva sudi muxolifatchi Aleksey Navalniyga qarshi "Sotsgosproyekt" jamgʻarmasi tomonidan topshirilgan shikoyatni qondirdi.

Sud hukmiga koʻra, Navalniy oʻzining Korruptsiyaga qarshi kurash jamgʻarmasi (FBK) tomonidan olib borilgan tergovning Alisher Usmonov haqidagi qismini oʻchirib tashlashi kerak.

Navalniy daʼvosiga koʻra, Alisher Usmonov "Sotsgosproyekt"ga qiymati 5 milliard rublga teng saroyni hadya qilgan, ammo bu aslida Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedevga berilgan pora boʻlgan.

"Sotsgosproyekt"ga Medvedevning kursdoshi Ilya Yeliseyev rahbarlik qiladi. Ushbu kompaniya sudga oʻz obroʻsi himoya qilinishini soʻrab arz qilgan.

Image copyright YouTube/Navalny
Image caption "On vam ne Dimon" filmidagi saroy

Sud hukmiga koʻra, "On vam ne Dimon" filmining Usmonov hadya qilgan saroy haqidagi qismi 10 kun ichida oʻchirib tashlanishi kerak. Sud, shuningdek, mualliflarga bu daʼvo boʻyicha raddiya berish majburiyatini yukladi.

Oʻz Twitter sahifasida Navalniy bunday qilmasligini aytdi, advokati esa sud hukmi ustidan arz qilishini bildirdi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq