Ochiq jurnalistika anjumanida ochiq qolgan savollar

Toshkentdagi "Markaziy Osiyoda ochiq jurnalistika" xalqaro anjumani Image copyright OSCE Media Freedom

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining Ommaviy axborot vositalari erkinligi idorasi 18-19 oktyabr kunlari Toshkentda xalqaro anjuman oʻtkazdi.

Xalqaro anjumanga bagʻishlangan videoni YouTubeda tomosha qiling

Anjumanga "Markaziy Osiyoda ochiq jurnalistika" deb nom berildi va mintaqa respublikalaridan 80 ishtirokchi qatnashdi.

Xalqaro anjumanda MXX hibsxonasida 27 sentyabrdan buyon tutqunlikda qolayotgan va hozirgi ahvoli haqida maʼlumot kam boʻlib qolayotgan mustaqil jurnalist Bobomurod Abdullayev haqida savollar qoʻyilgan.

Fargʻona.ru axborot agentligi xabar filishicha, Toshkentdagi Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori Gulnora Bobojonova, Bobomurod Abdullayev "qonunni buzgani uchun hibsga olingani, uning ishini sud koʻrib chiqayotgani, sud qaror qilmaguncha" bu masalada izoh berilmasligini aytgan.

"Chegara bilmas muxbirlar" xalqaro tashkilotining vakili Yoxan Birrning nega Bobomurod Abdullayevga advokat bilan uchrashishiga ruxsat berilmayotgani haqidagi savollari ham javobsiz qolgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq