Nega Rossiyadan oʻzbeklarning oʻligi kelmoqda?

Migratsiya

Soʻnggi paytlarda Rossiyada turli baxtsiz hodisalarda qurbon boʻlib, jabrlanayotgan Oʻzbekiston fuqarolari sonining ortib borayotgani kuzatiladi.

Ulardan aksariyati yirik avtohalokatlar qurboni boʻlishgan, yongʻinlar jabrdiydasiga aylanishgan, ish joylarida tuproq bosib va yoki qotillik bois, hayotdan koʻz yumishgan.

Birgina oktyabr oyining oʻzida Rossiyada nobud boʻlgan oʻzbekistonlik mehnat muhojirlarining soni yigirmadan ortgan.

Ularning oralarida turli koʻrinishdagi tan jarohati olganlarining soni ham ozmuncha boʻlmagan.

Bu kabi vaziyat, hatto, turli ijtimoiy-muloqot tarmoqlarida xavotirli munosabatlar, taajjub, tushunmovchilik va turli savollarni ham paydo qilmay qoʻymagan.

Ustiga ustak, soʻnggi mashʼum hodisalar Oʻzbekiston va Rossiya hukumatlari oʻrtasida migratsiya masalasida ilk bor maxsus shartnoma imzolanishidan sanoqli oylar oʻtib kuzatilgan.

Orada Oʻzbekiston chetda oʻz migratsiya vakolatxonalarini ochish rejasida ekaniga oid xabarlar olingan.

Reja birinchi navbatda koʻp sonli Oʻzbekiston fuqarolari yashayotgan davlatlarni koʻzda tutishi aytilgan.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 iyul kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov-Don va Yekaterinburg shaharlarida Oʻzbekistonning Bosh konsulliklarini ochish qarorini ham imzolagandi.

Agar, ayrim hisob-kitoblarga tayanilsa, oʻzbekistonlik jaʼmi mehnat muhojirlarining toʻrtdan uch qismi Rossiyaning hisobiga toʻgʻri keladi.

Shunday ekan, nega bunday boʻlmoqda va mavjud muammoning yechimlari nimada?

Oʻzbek migrantlarini kim himoya qiladi va qurbonlarning yaqinlariga tovon puli masalasi nima boʻladi?

"Odnoklassniki"dagi bu haftalik jonli muloqotimizda biz xuddi ana shunday savollar bilan Oʻzbekiston va Rossiyadan migratsiya masalasida ekspert, yurist Anvar Husainov va Botir Shermatovlarga murojaat qildik.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq