Iqror: 'O’z sevgimni 14 yil sir tutdim, chunki…'

Muallifa Image copyright courtesy

Men ayol kishiman. 75 foiz jismonan mayib bo'lgan bir ayol.

Ha, men ham sevganman...

Chunki sevmagan, sevilmagan insonni o'zim hamisha daladagi jonsiz qo'riqchiga o'xshatganman.

Ilk bor 11 yoshda sevib qolganman. Qo'shnimizning o'g'lini yoqtirib qolganman.

Ammo bu his o'shanda men uchun hech narsani anglatmagan.

Mayib bo'lganim uchun, hatto, o'zim o'zimni odam sifatida ko'rmaganman.

O'zimni yashashga haqli, deb o'ylamaganman.

Qanchalik yoqimsiz bo'lmasin, o'z o'limimni kutib yashaganman.

O'z sevgimni 14 yil hammadan sir tutganman.

20 yilki yarim oʻlik boʻlib yashayotgan ayollar

Video - "Ayollar hayotini koʻrsatishga harakat qilardim"

O'zbekistonlik ayollar jinsiy qullikdan ozod etildi

Ammo, oradan shuncha yil o'tib bo'lsa ham, baribir, o'z ko'nglimni o'sha yigit va uning oilasiga yorganman.

Qo'shnimizning og'li sevgimni rad etmagan. Lekin o'z uyimdagilar bunga qarshi chiqishgan.

Ularning bu qarori hayotimni jahannamga aylantirgan.

Ammo o'sha yigitga bo'lgan muhabbatim menga o'zimni sevishni o'rgatgan.

Hayotga bo'lgan qarashimni o'zgartirgan.

30 yildirki, o'sha insonni sevaman. Ammo bizga hech qachon birga bo'lish nasib qilmagan.

Mitra Farazandeh 41 yoshda, havaskor rassom...

Image copyright courtesy

Haqiqat...

Haqiqat shundaki, mayib ekanimga qaramay, men ayol kishiman, hislarim ham har bir xotin-qizniki kabi.

Men ham sevgilim bag'riga bosishi, sochlarimni silashini xohlayman.

Ammo bizdagi ko'pchilik mayib kishiga sevgini, sevishni kim qo'yibdi, deb o'ylaydi.

Bu esa, mening ko'nglimni juda og'ritadi. Otamning qilgan ishi ham shu jumladan.

Nega men o'z sevgimga, sevgilimga yetisha olmasligim kerak, mayib bo'lganim uchunmi?

Menga o'xshagan boshqa ko'pchilik mayib ayollar ham xuddi mendek azob chekishadi.

O'z his-tuyg'ulari va mayllarini bostirishga majbur.

O'zgarish...

Bu azoblarga chek qo'yish uchun, menimcha, eng avvalo biz - o'zimiz o'zgarishimiz kerak.

Qanchalik mayib bo'lmaylik, boshqa insonlardek yashash, hayotning ta'mini to'laligicha tatishga haqli ekanimizga ishonishimiz kerak.

Shunday qila olgan taqdirimizdagina, atrofimizdagi boshqalar ham bizni hurmat qilishni boshlashadi.

Men ko'plab mayib xotin-qizlarni bilaman. Ularning oilalari ham farzandlarining ayol kishi ekanini unutib qo'yisjgan.

Chunki ularning o'zlari bunga ishonmay qo'yishgan.

Agar, sizni kimdir sevib qolishi mumkinligiga o'zingiz ishonmasangiz, bunga yaqinlaringizni qanday qilib ishontirasiz?

Otam his-tuyg'ularimni qanchalik bostirishga urinmasin, men o'z sevgimga iqror bo'la olganimdan g'ururlanaman.

Odamdek, ayoldek yashashga haqli ekanimga ishonganim uchun ham hayotdagi ko'plab qiyinchiliklarni yengib o'tish, imkon qadar erkin yashashga muvaffaq bo'ldim.

Image copyright courtesy

Mayib ayolda ko'ngil nima qilsin, deb o'ylovchilar soni hali ham ko'pchilikni tashkil qiladi.

Ammo ular yanglish o'ylashadi.

Hamma: ayol bo'ladimi va yoki erkak, mayib bo'ladimi yoki sog'lom, sevish-sevilish, sevgani bilan qovushishga haqli.

Nazarimda, mayib insonlarning mayli, his-tuyg'usi sog'lom odamlarnikiga qaraganda kuchliroq bo'ladi.

Chunki mayib ekanliklari bois, ular o'z energiyalarini sog'lom odam darajasida sarflay olishmaydi.

Shu bois ham, ular o'z mayllarini qondira olishmasa, bundan azob chekishlari, sog'liklariga putur etishi mumkin.

Jismonan mayibligimiz bizni ichdan g'umbak kabi tutib turadi.

O'z his-tuyg'ularimiz va mayllarimizni qondirishga imkonli bo'lish esa, bizga ana shu 'g'umbak' ichida o'zimizni biroz bo'lsa-da, erkin his qilishga imkon beradi.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Telegram orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +447858860002