"Navoiydagi qiynoqlar Mirziyoyevning shaxsiy nazoratida"

Qiynoqlar va sud hukmidan norozm ota-onalar Toshkentda namoyish oʻtkazgandi Image copyright Malokhat Eshonqulova
Image caption Qiynoqlar va sud hukmidan norozm ota-onalar Toshkentda namoyish oʻtkazgandi

Navoiydagi tergov izolyatorida dahshatli qiynoqlarga tutilgani aytilgan 6 fuqaroning ishini Prezident Mirziyoyev oʻz nazoratiga olgan. Qiynoqlar natijasida yurolmay qolgan Hasan Arziyevning onasi va boshqa ota-onalar 18 yanvar kuni Navoiy viloyat hokimi Qobul Tursunov qabulida boʻlgan.

Hasanning onasi Inobat Arziyevaning BBCUZBEK.COM ga aytishicha, viloyat hokimi bilan uchrashuvga viloyat prokurori, ichki ishlar boshqarmasi rahbari hamda viloyat sud raisi ham qatnashgan.

Suhbatni tinglash uchun BBCUZBEK.COM ning YouTube dagi kanaliga boring

"Viloyat hokimi nima boʻlyapti, nima gap, sizlarning arzlaringiz Prezidentimizgacha boribdi. Selektorda Prezident "nima boʻlyapti Navoiyda? Ota-onalar nimaga buncha qaygʻurib menga shikoyat arizasi yozayapti", dedilar. Men u kishiga hisobot topshirishim kerak. Shuning uchun sizlarni chaqirdim. Sizlarning shikoyatlaringizni men tinglayman, nima dardlaringiz bor dedilar", deydi Inobat Arziyeva.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
"Navoiydagi kuch tizimlariga Mirziyoyevning kuchi yetmaydimi?"

Viloyat hokimi farzandlari qiynoqlarga tutilgan ota-onalarning gaplarini birma-bir tinglagan. Ularning gaplarini videoga tushirib olgan.

"Boʻlayotgan voqeani Prezidentimizga taqdim etaman. Hamma dardlaringizni yetqazaman, dedilar", deydi Inobat Arziyeva.

Navoiy viloyat hokimi Qobul Tursunov uchrashuvda oqni oqqa va qorani qoraga ajratishga, hamda qiynoq qoʻllaganlarga jazo berishga vaʼda bergan.

Qiynoqlardan shikoyat qilayotgan ota-onalar ilk bor 28 yanvar kuni Oliy sud raisi Kozimjon Komilov qabulida ham boʻlgan.

Sud raisining yordamchisi unga 6 kishining qiynoqlarga tutilish ortidan aybiga iqror boʻlishga majbur boʻlganligi toʻgʻrisida shikoyatlarni oʻqib bergan.

Kozimjon Komilov Oʻzbekistonning ayrim qonunlariga oʻzgartirishlar kirtilgani va ushbu oʻzgartirishlar 1 apreldan kuchga kirishini maʼlum qilgan.

Oliy sud raisi ota-onalardan 1 aprelgacha kutishni soʻragan va oʻshanda ushbu ish qaytadan koʻrib chiqilib, farzandlari aybsiz boʻlsa yoki qiynoqlar ostida aybiga iqror boʻlgani isbotlansa ularni sud zalidan ozod qilishga vaʼda bergan.

Navoiy viloyat mahkamasi soʻnggi 3 yil ichida ekstremizm va terrorizmda ayblab Rossiyada ishlab kelgan 6 kishini 6 yildan 8 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilgan.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Tergov davomida mayib qilingan farzandning onasi Mirziyoyevga murojaat qildi

Ularning boshligʻi sifatida Hasan Arziyev ayblangan.

Tergovchi Maqsud Farmonov ularni Suriyadagi IShIDga odam yollashda ayblagan. Dindor sifatida talqin qilingan yigitlarning birortasi ham namoz oʻqimagan. Onasining aytishicha, Hasan Arziyev farzandliksiz sabab spirtli ichimlik ichib yurgan.

6 yigitning bir jinoiy ish atrofida birlashtirilishiga esa ularning Rossiyada bir-birini tanishi va maʼlum muddat bir kvartirada yashaganligi sabab boʻlgan.

Inobat Arziyevaning aytishicha, yigitlarni aybiga dahshatli qiynoqlar va tahdidlar ostida iqror qilishgan.

BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek

Bu mavzuda batafsilroq