Bobomurod Abdullayev sudidagi guvoh nega mahkamani yigʻlab tark etdi?

Bobomurod Abdullayev sudidagi guvoh nega mahkamani yigʻlab tark etdi?

4 aprel kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudida jurnalist Bobomurod Abdullayev mahkamasida guvoh sifatida Charos Abdullayeva qatnashgan. Mahkamada ishtirok etgan inson huquqlari faoli va jurnalist Malohat Eshonqulova, guvoh sud zaliga oʻz erki bilan kelmagan boʻlishi mumkinligini aytadi.

"Charos Abdullayeva kunlar issiq boʻlsa ham oyogʻiga etik kiyib keldi. Keyin uni sudlanuvchilar olib kiriladigan eshikdan chiqarishdi. U yerda guvohni qaymoqrang mashina kutib oldi. Sudning orqa hovlisiga faqat sudya, prokuror va DXX xodimlarining mashinalari qoʻyilishi mumkin. Charos sud zalidan chiqishi bilan oʻksib-oʻksib yigʻlab yubordi", deydi Malohat Eshonqulova.

Malohat Eshonqulova hech kimi yoʻq boʻlgan Charos Abdullayeva Bobomurod Abdullayevga qarshi koʻrsatma berish uchun qishdan beri DXX tergov izolyatorida ushlab turilgan boʻlishi mumkin degan taxminni oldinga suradi.

BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek