Oʻzbekistonda oʻrtacha maosh 235 dollarmi?

Image caption Hukumat rasmiylariga koʻra, oʻtgan yil oxirida oʻrtacha maosh 14,2 foizga oshgan.

Oʻzbekiston oʻrtacha maosh miqdori boʻyicha 2017 yilgi reytingida 118-oʻrinni egalladi.

Investorschool.ru nashriga koʻra, Oʻzbekistonda oʻrtacha maosh 235 dollarga tengdir. Ammo, bu Oʻzbekistondagi raqamlarga mos emas.

Oʻtgan yil dekabrida Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekistonda oʻrtacha maosh miqdori 14,2 foizga oshib, 166 dollarni tashkil qilganini xabar qilgandi.

Oʻtgan avgust oyida Oʻzbekiston davlat rahbari maoshlarni oshirish boʻyicha farmonga imzo chekkan. Unga koʻra, 2018 yilda eng kam ish haqi 149,775 soʻm boʻlishi nazarda tutilgandi. Bu taxminan 18 dollarga teng.

Markaziy Osiyo davlatlaridagi ichida Qozogʻiston 480 dollar bilan birinchi oʻrinda. Turkmanistonda oʻrtacha maosh 320 dollar, Qirgʻizistonda - 220, Tojikistonda esa 110 dollar ekani qayd etilgan.

Image copyright Investorschool.ru
Image caption Manba: Investorschool.ru

Rossiya 615 dollarlik oʻrtacha maosh bilan 69-oʻrinni egallagan.

Birinchi oʻrinda esa Shveytsariya. U yerda oʻrtacha maosh miqdori 3855 dollar ekan.

Birinchi beshtalikka Shveytsariya, Norvegiya, Lyuksemburg, Shvetsiya va Quvayt kirgan.

Sizningcha, Oʻzbekistonda haqiqatdan ham oʻrtacha maosh 235 dollarmi?

BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bogʻlaning. Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek

Bu mavzuda batafsilroq