Qirg‘izistondagi "Manas" harbiy bazasi AQSh uchun ne qadar muhim?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Yaqinda Qirg‘iziston prezidenti etib saylangan Almazbek Atambayev AQSh tomonidan foydalanib kelingan "Manas" harbiy bazasini berkitishga va‘da berdi.

Bu - Afg‘onistondan chiqib ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Qo‘shma Shtatlar uchun noxush xabar.

Islomobod va Vashington o‘rtasidagi aloqalar yomonlashishi ortidan Pokiston hududi orqali o‘tgan AQSh ta‘minot yo‘li uzilib qoldi.

Hozirda Qo‘shma Shtatlarning Markaziy Osiyoga har qachongidan ham ko‘proq ehtiyoji bor.

Qirg‘izistondan Natalya Antelavaning xabar berishicha, endilikda AQSh qiyin diplomatik qarorlarni olishi kerak bo‘ladi.

"Manas" bazasiga safar qilgan BBC muxbiri Natalya Antelava lavhasi.