Islom dini ayol kishining savdo bilan shug‘ullanishini taqiqlaydimi?

Image copyright AFP

Saudiya Podshosi Abdulloh xotin-qizlar ich kiyimlari bilan erkaklarning savdo qilishini taqiqladi.

Kuchli an‘anador jamiyat hisoblangan Saudiya Arabistonida ayollarning avtomobil haydashiga yovqarash mavjud, mamlakatda ishlashlari ham olqishlanmagan.

Saudiyada savdo-sotiq bilan mashg‘ul ayollarning juda kamligi kuzatiladi.

Afg‘onistonda ham xotin-qizlar ich kiyimlarini faqat erkaklar sotishadi.

Bu mamlakatda ayol kishining savdo qilishi va yoki do‘kon boshqarishiga yaxshi qaralmaydi.

Yurak yutib do‘kondorlik qilayotgan ayollar barmoq bilan sanarli va ko‘pincha, muhofazaga muhtojlar.

Bir necha yil burun Mozori Sharif shahrida savdo bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan ayolga qarshi g‘azabnok erkaklar norozilik bildirishgandi.

Ammo Kobulda juda kamchilik ayollar savdo orqali pul topishga harakat qila boshlashgan.

Afg‘onistonda beva qolgan va yo erkak boquvchisi bo‘lmagan ko‘plab ayollar deyarli ish topa olishmaydi va aksariyat yo tilanchilik va yo kir yuvuvchilik qilishga majbur.

Gilamdo‘z va pazanda ayollar ham o‘zlari savdo qilolmagani bois, daromad uni sotadigan erkaklar cho‘ntagiga tushadi.

Faollarga ko‘ra, agar ayollarning do‘kondorlik qilishiga imkon yaratilsa, o‘n minglab afg‘on ayollar ishli bo‘lib, oilasi farovonligi oshardi.

Biroq Afg‘onistonda ayolning kishining ko‘chayu-bozorda ishlashiga qattiq qarshilik ko‘rsatiladi.

Aslida, ayol kishining savdo bilan shug‘ullanishiga Islom diniy qanday qaraydi?

Bi-bi-si ushbu savol bilan taniqli ulamo Obidxon qori Nazarovga murojaat qildi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi