O‘XH O‘zbekistonda xalq qo‘zg‘oloni yuz berishi ehtimolidan ogohlantirdi

Image caption O‘XH asosiy maqsadi - O‘zbekistondagi tuzumni tinch yo‘llar bilan ag‘darish

O‘zbek muxolif guruhlarini o‘zida birlashtirgan O‘zbekiston Xalq Harakati (O‘XH) O‘zbekistonda xalq qo‘zg‘oloni yuz berishi ehtimolidan ogohlantirib chiqqan.

Tashkilotning web sahifasida e‘lon qilingan hujjatda aytilishicha, arab uslubidagi g‘alayonlar O‘zbekistonda har on yuz berishi mumkin.

O‘XH ana shunday holatda xalq inqilobini boshqarishga tayyor ekanini da‘vo qilgan.

O‘tgan yil mayida Berlinda ta‘sis etilgan harakat faollari arab inqiloblaridan ilhomlanganliklarini aytishgan.

O‘XH asosiy maqsadi O‘zbekistonda mavjud siyosiy tuzumni tinch yo‘l bilan almashtirish ekanini aytib keladi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi